Yodgoroy Mirzoyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yodgoroy Mirzoyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Yodgoroy Tulkinjonovna Mirzaeva
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 22-aprel 1996-yil (1996-04-22) (27 yosh)
Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston
Vazni engil
Sport
Qaysi sport boks

Yodgoroy Tulkinjonovna Mirzoyeva[1] (1996-yil 22-aprel, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, engil vazn toifasida ishtirok etadi[2]. Uch marta Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzbek boks tarixida Yozgi olimpiada oʻyinlari ishtirok etgan birinchi ayol[3]. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetini tamomlagan.

Sport karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Ulanchabda (Xitoy) ayollarning boks boʻyicha Osiyo chempionatida 57 kg boʻlgan vazn toifasida Mirzayeva bronza medalini qoʻlga kiritdi[4]. 2016-yilning 23-martidan 3-apreliga qadar Syanʻanʻ shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining saralash bahslarida u 51 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[5].

2016-yilda Rio-de-Janeyro (Braziliya) boks boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan[6]. U birinchi davrada kanadalik Mendi Budjold bilan toʻqnash keldi, biroq toʻrtinchi bosqichda ochko yoʻqotdi[7].

2017-yilda Xoshiminda (Vyetnam) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida Yodgoroy Mirzaeva yarim finalda hindistonlik sportchi Sonii Singxga yutqazib, bronza medali sohibiga aylangandi[8].

2018-yilda u Nyu Delida (Hindiston) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida qatnashdi[9], lekin birinchi raundda ruminiyalik bokschi Lakrimiore Perixosga yutqazib qoʻydi.

2019-yili Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtgan ayollarning boks boʻyicha oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida u yana bronza medalini qoʻlga kiritdi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://webcache.googleusercontent.com/search?q=cache:iQm0oT5TpXYJ:https://uz24.uz/sport/yodgoroy-mirzaeva-mamlakatimiz-hotin-uizlari-orasida-birinchi-bglib-boks-bgyicha-olimpiada-gyinlarin+&cd=10&hl=ko&ct=clnk&gl=kr
  2. arxiv nusxasi, 2018-05-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-23
  3. http://myday.uz/news/obzor-rio-chasty-ii?phpMyAdmin=6ec491816275eb7fd9b43ec90a9d77a0
  4. http://amateur-boxing.strefa.pl/Championships/Asian_wom_Champs2015.html
  5. arxiv nusxasi (PDF), 2017-08-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2022-04-23
  6. arxiv nusxasi (PDF), 2016-12-20da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2022-04-23
  7. https://www.myscore.com.ua/player/mirzaeva-yodgoroy/b3kKXSBP/
  8. https://www.gazeta.uz/ru/2017/11/10/boxing/
  9. arxiv nusxasi, 2020-01-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-23
  10. https://www.gazeta.uz/ru/2019/04/28/boxing/