Xoshimin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoshimin shahri
LocationVietnamSaiGon.png
Mamlakat Vyetnam
Hukumat
 - mer [[]]
Aholi (2007)
 - Jami 7 274 527
Birodar shaharlar San Fransisko, Ventyan, Sankt-Peterburg, Manila, Taypey, Shanxay, Sevilla, Bratislava
vebsayt: www.hochiminhcity.gov,vn (vyet.)


Xoshimin (1976 yilgacha Saygon) -Vyetnamdagi shahar. Atrofi bilan markazga boʻysunuvchi alohida maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 3,6 mln. kishi (1996). Transport yoʻllari chorrahasi. Saygon daryosi boʻyidagi port (Jan. Xitoy dengizidan 80 km ichkarida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, koʻnteri, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik) va metallsozlik, tayyor kismlardan elektrotexnika va radiotexnika buyumlari yigʻish, kimyo (kauchuk), sement, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Badiiy hunarmandchilik, kulolchilik rivojlangan. universitet, muzeylar, ilmiy tadqiqot intlari, Milliy kutubxona va boshqa bor.

Shaharga 1779 yilda xitoylik savdogarlar Tangon (vyetnamcha Saygon) nomi bilan asos solganlar. 1864 yildan Saygon Fransiya mustamlakasi Kohinhin (Jan. Vyetnam)ning maʼmuriy markazi. 1954 y. iyuldan hukumat qarorgohi. 1976 yildan shahar Shim. Vyetnam siyosiy arbobi Xo Shi Min sharafiga X. deb ataldi. Saloy va VinNgiyem budda pagodalari va boshqa 18-a.da qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saklangan.

Xoshimin (vyetnamcha: Hồ Chí Minh) Vyetnamning eng aholisi koʻp shahri. Xoshimin dunyodagi eng katta shaharlardan biridir va jahon savdosi, moliyasi, sanʼati, texnologiyasi, taʼlimi va shou-biznesiga katta taʼsir koʻrsatib turadi.