Yer kalamushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yer kalamushlari, plastinka tishli kalamushlar (Nesokia) — kemiruvchi sut emizuvchilar urugʻi. Oziq tishlari emal qavati bilan qoplanmasdan alohida plastinkalarga oʻxshab koʻrinadi (plastinka tishli kalamushlar degan nomi shundan). Hindiston ya. o., Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Osiyo va Shim. Afrikada tarqalgan. Kopetdogʻ, Murgʻob, Amudaryo va Zarafshon vodiylarida hind yer kalamushi, yaʼni nezokiya (N. Indica) uchraydi. Tanasining uz. 22 sm gacha, dumi 15 sm cha. Usti toʻq qizil, qorni kulrang . Yiliga (3—6 tadan) 2— 3 marta bolalaydi. Asosan, oʻsimliklar (kartoshka, sabzi va b.)ning yerost-ki qismlari bilan oziqlanadi. Ekinlarga ziyon keltiradi. Yer ostini chuqur qazib, sugʻorish inshootlarining buzilishiga, yerning choʻkishi va b.ga sabab boʻladi; yuqumli kasalliklar (mas, toun kasalligi) qoʻzgʻatuvchilarini ham tarqatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil