Udmurtlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Udmurtlar (eski nomi — votyaklar) — xalq, Udmurtiyaning tub aholisi (497 ming kishi). Umumiy soni 747 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Udmurt tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. U.ning etnogenezi VyatkaKama dare oraligʻida yashagan qad. qabilalar bilan bogʻliq. Mil. 1-mingyillik oxiri — 2-ming yillik boshida udmurt kabilalariga VolgaKama Bulgʻoriyasi sezilarli taʼsir koʻrsatgan. 16-asr oʻrtalariga qadar U. maʼmuriyhududiy birlikka ega boʻlmay, shim. U. Vyatka yerlari tarkibiga, jan. U. Qozon xonligi tarkibiga kirgan. Keyinchalik Rus davlati tarkibiga toʻla kirib, yagona boʻlib uyusha boshlagan. U., asosan, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan shugullanadi.