Xvan Xi Chan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hwang Hee-chan
FC Admira Wacker Mödling vs. FC Red Bull Salzburg (Cup) 2017-04-26 (095).jpg
Hwang Red Bull Salzburg da, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hwang Hee-chan[1]
Tavallud sanasi 26-yanvar 1996-yil (1996-01-26) (27 yosh)
Tavallud joyi Chuncheon, Gangwon, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.77 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wolverhampton Wanderers
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-2015 Pohang Steelers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2020 Red Bull Salzburg 86 (28)
2015-2016FC Liefering (ijara) 31 (13)
2018-2019Hamburger SV (ijara) 20 (2)
2020-2022 RB Leipzig 20 (0)
2021-2022Wolverhampton Wanderers (ijara) 30 (5)
2022- Wolverhampton Wanderers 11 (0)
Milliy terma jamoa
2011-2012 Janubiy Koreya U17 7 (7)
2013-2014 Janubiy Koreya U20 12 (6)
2015-2018 Janubiy Koreya U23 22 (5)
2016- Janubiy Koreya 49 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-noyabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-sentabr 2022-yil uchun)

Xvan Xi Chan (koreyscha: 황희찬; 1996-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „ Wolverhampton“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Xvang tajovuzkor oʻyin uslubi va familiyasi tufayli Janubiy Koreyada „Buqa“ (Xvansso) laqabini olgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xvan Xi Chan Chuncheonda tugʻilgan, ammo oilasi u tugʻilganidan soʻng darhol Bucheonga koʻchib oʻtgan. Oʻn bir yoshga toʻlgunga qadar oʻsha yerda yashadi[3]. Xvan Uijeongbu shahridagi Singok boshlangʻich maktabida futbol oʻynashni boshlagan. 2008-yilda Janubiy Koreya milliy yoshlar musobaqasi boʻlgan Xvarangdaegi turnirida va Dongvon yoshlar kubogida eng koʻp gol urgan. Koreyaning 12 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida ham oʻynagan. Kanga kubogida 22 ta gol urib, turnirning yangi rekordini oʻrnatgan. Ushbu musobaqalardagi ajoyib oʻyinlari bilan Janubiy Koreyaning eng yaxshi yosh futbolchilariga beriladigan Cha Bum-kun Football Award mukofoti bilan taqdirlandi[4].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Red Bull Zalsburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning dekabr oyida Pohang Steelers hujumchi Xvan Xi Channi mahalliy futbolchi sifatida jamoasiga qoʻshib olmoqchi edi, biroq Avstriyaning Red Bull Salzburg klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. 2016-yilning 3-noyabrida Xvang Liga 1 vakili „Nice“ga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida zaxiradan maydonga tushib dubl qayd etdi, jamoasining Yevropadagi ilk g‘alabasiga hissa qo‘shdi[6]. Avstriya Bundesligasining birinchi mavsumida gol ura olmadi.

RB Leipzig[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 8-iyulida Xvang „RB Leipzig“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[7]. 12-sentyabr kuni 2020—2021-yilgi DFB-Pokal birinchi davrasida „1. FC Nürnberg“ga qarshi debyut oʻyinida bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi[8]. Leipzig bilan 2021-yilgi DFB-Pokal finaliga chiqdi, ammo Xvan asosiy tarkibga kiritilmadi, oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[9][10]. Germaniya Bundesligasining ilk mavsumida gol ura olmadi.

Wolverhampton Wanderers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 29-avgustida Xvang Premyer-ligaga „Wolverhampton“ ga bir mavsumga ijara asosida o‘tdi[11]. 11-sentabr kuni Xvang „Watford“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib debyut qildi. Jamoasining 2-goliga mualliflik qildi, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi[12]. Keyingi gollarini 2-oktyabr kuni Molineuxda, „Newcastle United F.C.“ga qarshi oʻyinda kiritdi, oʻyinda dubl qayd etdi[13]. Premyer-ligadagi debyut mavsumida beshta gol urdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Janubiy Koreya chorak finalda ishtirok eta olmadi, biroq Xvang beshta goli (KXDR ga qarshi oʻyinda xet-trik) bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[14]

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

9-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
FC Liefering (ijara) 2014—2015 Avstriya 2. Liga 13 2 13 2
2015—2016 Avstriya 2. Liga 18 11 18 11
Jami 31 13 31 13
Red Bull Salzburg 2015—2016 Avstriya Bundesligasi 13 0 1 0 14 0
2016—2017 Avstriya Bundesligasi 26 12 6 2 3[lower-alpha 1] 2 35 16
2017—2018 Avstriya Bundesligasi 20 5 3 3 14[lower-alpha 2] 5 37 13
2019—2020 Avstriya Bundesligasi 27 11 5 1 8[lower-alpha 3] 4 40 16
Jami 86 28 15 6 25 11 126 45
Hamburger SV (ijara) 2018—2019 2. Bundesliga 20 2 1 0 21 2
RB Leipzig 2020—2021 Bundesliga 18 0 5 3 3[lower-alpha 4] 0 26 3
2021—2022 Bundesliga 2 0 1 0 3 0
Jami 20 0 6 3 3 0 29 3
Wolverhampton Wanderers (ijara) 2021—2022 Angliya Premyer-ligasi 30 5 0 0 1 0 31 5
Wolverhampton Wanderers 2022—2023 Angliya Premyer-ligasi 11 0 0 0 2 0 13 0
Jami 41 5 0 0 3 0 44 5
Jami faoliyati 198 48 22 9 3 0 28 11 251 68
  1. Appearances in UEFA Europa League
  2. Four appearances and two goals in UEFA Champions League, ten appearances and three goals in UEFA Europa League
  3. Six appearances and three goals in UEFA Champions League, two appearances and one goal in UEFA Europa League
  4. Appearances in UEFA Champions League

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

27-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra[16]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Janubiy Koreya 2016 3 0
2017 6 1
2018 12 1
2019 11 2
2020 2 1
2021 9 2
2022 6 2
Jami 49 9
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Janubiy Koreyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisoblar ustuni Xvanning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[17].
Xvan Xi Chan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2017-yil 13-iyun Jassim Bin Hamad stadioni, Doha, Qatar  Qatar 2-2 2-3 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2018-yil 27-mart Sileziya stadioni, Chorzov, Polsha  Polsha 2-2 2-3 Doʻstona
3 2019-yil 22-yanvar Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Bahrayn 1-0 2-1 (q.v) ) 2019-yilgi Osiyo kubogi
4 2019-yil 10-oktyabr Xvason stadioni, Xvason, Janubiy Koreya  Shri-Lanka 3-0 8-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2020-yil 17-noyabr BSFZ-Arena, Mariya Enzersdorf, Avstriya  Qatar 1-0 2-1 Doʻstona
6 2021-yil 9-iyun Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya  Shri-Lanka 4-0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
7 2021-yil 11-noyabr Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya  BAA 1-0 1-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
8 2022-yil 6-iyun Daejon Jahon kubogi stadioni, Daejon, Janubiy Koreya  Chili 1-0 2-0 Doʻstona
9 2022-yil 23-sentyabr Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya  Kosta Rika 1-0 2-2 Doʻstona

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Red Bull Salzburg

RB Leipzig

Janubiy Koreya U23

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2021/22 Premier League squads confirmed“. Premier League (10-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2021-yil.
  2. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (4-iyun 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyun 2018-yil.
  3. „FC Liefering-Elfer mit Hee-Chan Hwang“ (de). Red Bull Salzburg (2-fevral 2015-yil). 13-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  4. „제21회 차범근 축구상 대상 학생과 함께 한 차범근 감독“ (ko). Naver.com. Newsis (15-avgust 2015-yil).
  5. „논란의 19살 황희찬, 실력만큼은 '진짜'였다“ (ko). Mydaily. Qaraldi: 9-oktabr 2015-yil.
  6. „[VIDEO CUPLIKAN GOL Nice 0-2 FC Salzburg: Dua Gol Pemain Muda Korea Permalukan Balotelli Cs“] (id). Sepakbola. 15-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2016-yil.
  7. „RB LEIPZIG VERPFLICHTET HEE-CHAN HWANG“ (de). RB Leipzig (8-iyul 2020-yil). Qaraldi: 8-iyul 2020-yil.
  8. „Haidara nutzt Mathenias schlimmen Patzer“ (de). kicker (12-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2020-yil.
  9. „Weghorst rutscht aus und vergibt - Leipzig im Halbfinale“ (de). kicker (3-mart 2021-yil). Qaraldi: 22-may 2021-yil.
  10. „120.+1! Forsberg entscheidet packenden Pokalkrimi für Leipzig“ (de). kicker (30-aprel 2021-yil). Qaraldi: 22-may 2021-yil.
  11. „Hwang becomes latest new signing“. www.wolves.co.uk. Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
  12. Begley. „Watford 0–2 Wolverhampton Wanderers: Hwang Hee-Chan scores on debut as Wolves win“. BBC Sport (11-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2021-yil.
  13. Howarth, Matthew. „Wolverhampton Wanderers 2–1 Newcastle United: Hwang Hee-chan double sinks winless Magpies“. BBC Sport (2-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  14. 14,0 14,1 „Hwang's heroics difficult to eclipse“ (en). AFC (5-oktabr 2012-yil). 7-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  15. „Hee-chan Hwang ≫ Club matches“. WorldFootball.net. Qaraldi: 24-iyul 2018-yil.
  16. „ko:황희찬 HWANG Heechan MF“ (ko). KFA. Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
  17. „Hwang, Hee-Chan“. National Football Teams. Qaraldi: 9-iyun 2021-yil.
  18. Karpati. „Austria - List of Champions“. RSSSF (2-iyul 2020-yil). Qaraldi: 6-iyul 2020-yil.
  19. Stokkermans. „Austria - List of Cup Finals“. RSSSF (10-iyun 2020-yil). Qaraldi: 6-iyul 2020-yil.
  20. „Sancho und Haaland treffen doppelt: BVB krönt sich zum Pokalsieger“ (de). kicker (13-may 2021-yil). Qaraldi: 23-may 2021-yil.
  21. „Men's Gold Medal Match: South Korea 2–1 Japan“. Asian Games 2018. 20-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentabr 2018-yil.
  22. „AFC U-23 Championship 2016 - Finals“. AFC. 31-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2020-yil.