Xorazm tangasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xorazm tangasi
Muomaladagu hududlar
Rasmiy Xiva xonligi
Monetalar va banknotalar
Monetalar 1 pul, 1, 21⁄2, 5, 15 tanga, 1⁄2, 1 tilla
Banknotalar 50, 100, 200, 250, 500, 1000, 2500 tanga
История
Muomalaga kirgan sana XIX asr boshi
Muomaladan chiqariila boshlanishi 1920-yil
Davomchi-valyuta Xorazm rubli

Xorazm (Xiva) tangasi — XVI asr boshidan 1920-yilgacha muomalada boʻlgan Xiva xonligining pul birligi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazm tangalarini zarb etish XVI asr boshlarida arabshohiylar sulolasi davrida boshlanib, qoʻngʻirotlar sulolasi davrida ham davom etgan. Yangi tangalar zarb qilish Muhammad Rahimxon I (1806—1825) davrida boshlangan. XIX asrda mis pullar (fuluslar), kumush tangalar, oltindan 12 qiymatdagi tilla va tillalar zarb qilingan[1]. Oltin va kumush tangalar oʻrtasida qatʼiy bogʻliqlik boʻlmagan, ularning kurslari oʻzgarib turgan. Muomalada kumush tangalar ustunlik qilgan.

1873-yilda xonlik ustidan Rossiya protektorati oʻrnatilgandan soʻng, Rossiya banknotlari ham muomalada qoʻllanila boshlandi. XX asrning boshlarida qatʼiy nisbat oʻrnatildi: 1 rubl = 5 tanga etib belgilandi.

Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan Xorazmning pul muomalasida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermadi, kumush tanga bosh rol oʻynashda davom etdi. Asfandiyorxon (19101918) davrida faqat mis fuluslar zarb qilingan. Uning vorisi Said Abdullaxonxon (19181920) davrida, yaʼni 1919-yilda oxirgi kumush tangalar oz miqdorda zarb qilingan, shu yili mis va bronza tangalar zarb qilina boshlagan. 1, 2 12, 5, 15 qiymatdagi tangalar zarb qilingan. Zarb etish 1920-yilda toʻxtatildi[2].

1919-yilda xonlik banknotlari ishlab chiqarila boshlangan. Banknotlar tanga va rubl (manat) nominallarida chiqarilgan: 50 tanga — 10 manat, 100 tanga — 20 manat, 200 tanga — 40 manat, 250 tanga — 50 manat, 500 tanga — 100 manat, 1000 tanga — 200 manat, tanga — 500 manat. Nominallar qogʻoz pullarning har ikki tomonida soʻzlar, fors raqamlarida, yana rus tilida ham koʻrsatilgan[3][4].

1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi eʼlon qilinadi. Xorazm tangasini tanga va banknotlar shaklida chiqarish toʻxtatildi, respublika Nozirlar Kengashi tomonidan rublda tanga va banknotlar muomalaga chiqariladi.

Banknotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yilgi banknotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yilgi banknotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Cuhaj 2009.
  2. Cuhaj 2011.
  3. Васюков 1993.
  4. Богословская И., Голендер Б. «Хорезмийские шёлковые деньги»“. сайт sanat.orexca.com. 2013-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Васюков А.И., Горшков В.В., Колесников В.И. Бумажные денежные знаки России и СССР. — СПб.: Политехника, 1993. — 215 с. — 10 000 экз. — ISBN 5-7325-0325-0.
  • Cuhaj G., Michael T., Miller H. Standard Catalog of World Coins 1801-1900. — 6-е изд. — Iola: Krause Publications, 2009. — 1296 с. — ISBN 978-0-89689-940-7.
  • Cuhaj G., Michael T., Miller H. Standard Catalog of World Coins 1901-2000. — 39-е изд. — Iola: Krause Publications, 2011. — 2345 с. — ISBN 978-1-4402-1172-8.