Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro sudlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi (Niderlandiya)

Xalqaro sudlar davlatlar oʻrtasidagi shartnomalar yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti[1] kabi xalqaro tashkilot tomonidan tuziladi va ular maxsus tribunallar[2] hamda doimiy institutlarni oʻz ichiga oladi. Biroq xalqaro sudlar milliy hokimiyat organlari oʻrtada keladigan yuzaga keladigan nizolarni va sudlarni istisno qiladi. Chunki xalqaro sudlarda ish koʻrib chiqilishi uchun ikki taraf ham xalqaro huquqning subyekti boʻlishi lozim.

Taʼrifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro sud – bir tomon davlat yoki xalqaro tashkilot (yoki uning organi) boʻlishi mumkin boʻlgan ishlarni koʻrib chiqadigan va mustaqil sudyalardan tashkil topgan xalqaro tashkilot yoki xalqaro tashkilot organi hisoblanadi. Xalqaro sud (masalan, Xalqaro jinoyat sudi)[3] alohida tuzilishi ham biror xalqaro tashkilotning oʻz sudiga ega boʻlishi mumkin (masalan: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro adolat sudi)[4]. Ushbu sudlar Xalqaro huquq asosida majburiy yoki tavsiyaviy harakterga ega boʻlgan qarorlar chiqarish majburiyatini oladi[5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro sudlarning dastlabki misollariga Ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil etilgan Nyurnberg va Tokio tribunallari kiradi. Ayni paytda Gollandiyaning Gaaga shahrida bir nechta shunday xalqaro sudlardan Xalqaro Sud (ICJ) va Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC) joylashgan. Boshqa xalqaro sudlar turli joylarda mavjud boʻlib, ularning yurisdiksiyasi odatda maʼlum bir mamlakat, xalqaro yoki mintaqaviy hukumatlararo, shuningdek, millatlararo tashkilotlarda amal qilshi mumkin. Ruandadagi genotsid sud ishi Ruanda boʻyicha Xalqaro Jinoyat Tribunalida koʻrib chiqilishi tarixiy misol boʻla oladi.

Genotsid va fuqarolar urushi davrida qilingan jinoyatlarni koʻrib chiqish maqsadida xalqaro tribunallar tashkil etiladi. Bundan tashqari sodir boʻlayotgan xalqaro vaziyatlarga qarab xalqaro va ichki holatlarni birlashtirgan maxsus sudlar hamda tribunallar tashkil etilgan. Bunday „gibrid tribunallar“ga misol sifatida Syerra-Leoneda tashkil etilgan maxsus sud, Livan uchun maxsus tribunal, Sharqiy Timordagi Dili tuman sudining maxsus hay’atlari va Kambodja sudlaridagi Favqulodda palatalarni keltirish mumkin.

Imtiyozlar va immunitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro sudlarning sudyalari va yuqori lavozimli xodimlariga, agar ularning boshqaruv organlari ruxsat bergan boʻlsa , diplomatik immunitetga ega boʻlishi mumkin. 1946-yil 13-fevralda qabul qilingan rezolyutsiyaga koʻra, BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro Sud oʻz vazifalarini bajarish va oʻz maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan imtiyozlar, immunitetlar va yengilliklardan foydalanishini taʼminlash maqsad qilingan. Xalqaro sud oʻz joyida va boshqa turli xil hududlarda Xalqaro Sud oʻzining birinchi majlisida ushbu masalani koʻrib chiqishni hamda Bosh kotibni oʻz tavsiyalari haqida xabardor qilishni taklif qildi. Shunga koʻra Sud 1946-yil 3-apreldan 6-maygacha Gaagada boʻlib oʻtgan birinchi sessiyasida muammoni turli jihatlarida koʻrib chiqdi. Shundan soʻng oʻz xulosalarini Bosh Assambleyaga yubordi. Bosh Assambleya oʻzining birinchi majlisining ikkinchi qismida Sudning tavsiyalarini va oltinchi qoʻmita hisobotini koʻrib chiqdi.

Ayblanuvchilar Nyurnbergdagi Xalqaro harbiy tribunalning mahkamasida (Germaniya)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish sudi taklifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Birlashgan Millatlar Tashkiloti“. un.org (28-iyun 2024). Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.
  2. „Maxsus tribunal“. academic.oup (mart 2014-yil). Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.
  3. „Xalqaro jinoyat sudi“. icc-cpi.int (28-iyun 2024). Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.
  4. „Xalqaro adolat sudi“. icj.org (28-iyun 2024). Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.
  5. Romano, Cesare P.R.. The Oxford Handbook of International Adjudication. Oxford University Press, 2013 — 4–9 bet. ISBN 9780199660681. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]