Xalqaro harbiy tribunal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalqaro harbiy tribunal – Ikkinchi jahon urushi bosh harbiy jinoyatchilarining aybini ochish va jazolash boʻyicha tuzilgan xalqaro sud organi. Xalqaro harbiy tribunalt. fashistlar Germaniyasi tomonida turib jang qilgan Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun 1945 y. 8 avg .da AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va Fransiya davlatlari oʻrtasidagi London bitimiga muvofiq tuzilgan (qarang Nyurnberg sud jarayoni). Uzoq Sharq uchun yapon bosh harbiy jinoyatchilari ustidan sud olib borish maqsadida Xalqaro harbiy tribunalt. 1946 y. 19 yanvarda ittifoqchi hukumatlar oʻrtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan (Tokio tribunali).

BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq, 1993 — 1994 yilda Ruanda va Yugoslaviya boʻyicha xalqaro tribunallar tashkil etildi.