Nyurnberg sud jarayoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nyurnberg sud jarayoni - asosiy natsist harbiy jinoyatchilar ustidan oʻtkazilgan sud jarayoni. Nyurnberg shahri (Germaniya)da 1945-yil 20-noyabr — 1946-yil 1 oktabrda boʻlib oʻtgan. Fashistlar Germaniyasining oliy davlat va harbiy arboblari javobgarlik-ka tortilgan. Nyurnberg sud jarayonij.da natsional-sotsialistlar partiyasining rahbar tarkibi va bu partiyaning sokchi otryadlari (SS), xavfsizlik xizmati (SD), davlat maxfiy politsiyasi (gestapo) ji-noyatchi deb topilgan. 12 kishi (G. Gering, E. Kaltenbrunner, A. Yodl va boshqalar) oʻlimga, 7 kishi uzok, muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Tarixda 1-marta Nyurnberg sud jarayonij.da agressiya insoniyatga qarshi eng ogʻir jinoyat ekan-ligi eʼtirof etildi. Sud jarayonini ittifokchilar tomonidan tuzilgan Xa-lqaro harbiy tribunal amalga oshirdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil