Gaaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

GaagaNiderlandiyadagi shahar, Shim. dengiz sohilidagi port (Sxeveningin avanporti). Qirol saroyi va hukumat karorgohi. Jan. Gollandiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 444 mingdan ziyod kishi (1990-yillar Urtalari, shahar atrofi bilan 685 ming). Kanallar, avtomobil va temir yoʻl tarmoqlari orqali Reynning quyi okimidagi Rotterdam porti bilan, rasmiy poytaxt Amsterdam va mamlakatning boshqa shaharlari bilan bogʻlangan. Gaaga— asosan maʼmuriy va siyosiy markazdir. Shahar dastlab 11-asrga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. Gaaga 16-asr oxiridan General shtatlarning majlis utkazadigan joyi va 17-asr boshidan hukumat qarorgohi. Gaagada BMTning Xalqaro sudi, Xalqaro hakam (betaraf vakil)lar sudining Doimiy palatasi, Xalqaro huquqiy hujjatlar byurosi va b. joylashgan. Gaagada muhim tarixiy hujjatlar qabul qilgan bir qancha xalqaro konferensiyalar bulib oʻtgan (qarang Gaaga konvensiyalari). Transport yoʻllari tuguni. Gaaga da radio va teleapparatura, elektron asboblar va telegraf apparaturasi ishlab chiqariladigan yirik sanoat korxonalari, shahar chetida aviatsiya zavodlari, kemasozlik, chuyan quyish korxonalari bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari koʻp. Yogʻoch, oyna kabi materiallardan badiiy buyumlar tayyorlanadi.

Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan Ridderzal (13-asr), Tribunal (13-asr) va b. saqlangan. Gaagada Qirollik nafis sanʼat akademiyasi, Mauritsxeys (Qirollik rasmlar galereyasi) Munitsipal muzeyi, pochta, kiyimlar, xalqaro matbuot muzeylari, statistika instituti bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil