Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro dzyudo federatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xalqaro dzyudo federatsiyasi
Turi Sport federatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 1951-yil
Joylashuvi Vengriya Budapesht
Prezident Marius Vizer
Aʼzolari 198 ta milliy federasiyalar
Vebsayti ijf.org
Hamkor tashkilotlari European Judo Union
Judo Union of Asia
Pan American Judo Confederation
OJU
African Judo Union

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (inglizcha: International Judo Federation, IJF) 1951-yil iyul oyida asos solingan.

Dastlab IJF tarkibiga Yevropa va Argentina milliy dzyudo federasiyalari kirgan. Keyingi o‘n yil ichida to‘rt qitʼaning milliy tashkilotlari Xalqaro dzyudo federasiyasiga aʼzo bo‘lishdi.

IJF shtab-kvartirasi Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan.

IJF dzyudo musobaqalari qoidalarini belgilaydi va qitʼa hamda jahon chempionatlarini o‘tkazadi. Xalqaro dzyudo federasiyasi, shuningdek, Kodokan tomonidan berilgan darajalarga hech qanday nisbati bo‘lmagan o‘z darajalarini belgilaydi.

2010 yil iyun holatiga ko‘ra, IJF tarkibida 198 ta milliy dzyudo federasiyasi mavjud[1].

IJF prezidentlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Aldo Torti (italyancha: Aldo Torti), Italiya; 1951 Italiya bayrogʻi
  • Risey Kano (yapon yaponcha: 嘉納 履正; Jigoro Kanoning oʻgʻli), Yaponiya; 1952-1965 Yaponiya bayrogʻi
  • Charlz Palmer (inglizcha: Charles Palmer), Buyuk Britaniya; 1965-1979 Buyuk Britaniya bayrogʻi
  • Sigeyosi Matsumae (yaponcha: 松前 重義), Yaponiya ; 1979-1987 Yaponiya bayrogʻi
  • Sarkis Kaloglian (ispancha: Sarkis Kaloghlian), Argentina; 1987-1989 Argentina bayrogʻi
  • Larvi Hargreyv (inglizcha: Lawrie Hargrave), Yangi Zelandiya; 1989-1991 Yangi Zelandiya bayrogʻi
  • Luis Bagena (ispancha: Luis Baguena), Ispaniya; 1991-1995 Ispaniya bayrogʻi
  • Chon Son Pak (koreyscha: 朴容晟/박용성), Koreya; 1995-2007 Janubiy Koreya bayrogʻi
  • Marius Vizer (Marius Vizer), Ruminiya, 2007-yildan beri Ruminiya bayrogʻi
Vladimir Putin

2022-yil 26-fevralgacha V.V. Putin IJF faxriy prezidenti lavozimida ishlagan; 26 fevral kuni IJF Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Putinning vakolatlarini toʻxtatdi[2].

  1. „International Judo Federation“ (en). 2012-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-iyun.
  2. „Международная федерация дзюдо приостановила полномочия Путина в двух статусах“. Чемпионат (2022-yil 27-fevral). 2022-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-fevral..