Emmeline Pethick-Lawrence
Emmeline Pethick-Lawrence | |
---|---|
Tavalludi |
1867-yil 21-oktabr Bristol,Buyuk Britaniya |
Vafoti |
1954-yil 11-mart Surrey,Buyuk Britaniya |
Fuqaroligi | Buyuk Britaniya |
Partiyasi | Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi |
Turmush oʻrtogʻi | Frederick Pethic-Lawrence |
Otasi | Henry Pethick |
Baronessa Emmeline Pethic-Lawrence talaffuzi: Emmelin Petik Lorens (1867-yil 21- oktyabr — 1954-yil 11-mart[1]) — britaniyalik ayol huquqlari faoli.
Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pethic-Lawrence xonim Bristolda tugʻilgan. Uning otasi tadbirkor boʻlgan. U 13 farzandning ikkinchisi edi va sakkiz yoshida internat maktabiga yuborildi.
Karyera va nikoh
[tahrir | manbasini tahrirlash]1891-yildan 1895-yilgacha Pethick Fitsroy maydoni yaqinidagi Klivlend Xolldagi metodist cherkovining Gʻarbiy London tashkilotida „xalq rohibasi“ boʻlib ishlagan. U tashkilotda ayollar klubini boshqarishda Mary Nilga yordam bergan. Ular birgalikda 1895-yilning kuzida yosh ayollar va qizlar uchun „Espérance“ klubini yaratish maqsadida tashkilotini tark etishdi. Gʻoya shunday ediki, ular u yerda raqsga tushishlari va ekspromt teatrda oʻynashlari mumkin edi, bu esa tashkilot tarafdorlari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinmadi[2]. Shuningdek Pethick, bayram kunlari bilan sakkiz soatlik ish kunili eng kam ish haqi toʻlanadigan Maison Espérance tikuvchilik kooperativini ochdi.
Liberalizmga siyosiy qarashlarini oʻzgartirgandan soʻng, Pethick 1901-yilda Frederick Lawrensga turmushga chiqdi. Er-xotin Pethick-Lawrence qoʻshma familiyasini oldilar va mustaqil boʻlish uchun alohida bank hisoblarini yuritdilar.
Faollik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pethick-Lawrence suffragetlar Jamiyatining aʼzosi edi va 1906-yilda Emmeline Pankhurst bilan tanishdi. Shundan soʻng, u 1903-yilda Pankhurst tomonidan asos solingan Ayollar ijtimoiy va siyosiy ittifoqining (WSPU) gʻaznachisi etib tayinlandi va olti yil davomida 134 000 funt sterling yigʻdi. Pethick-Lawrence Pankhurst bilan birgalikda bir qator tadbirlarda qatnashdi, jumladan 1908-yil iyun oyi oxirida Jessi Stivenson, Florensiya Xeyg, Mod Yoaxim va Meri Fillips ismli ayollar bilan birglikda Bosh vazir bilan suhbatlashish uchun parlament uyiga kirishga urinishdi. Ayollar qoʻlga olindi bu esa keyinchalik ayol namoyishchilarga nisbatan yomon munosabatda boʻlish amaliyotiga bir qator sabab boʻldi[3].
Petik-Lawrence eri bilan birga 1907-yilda "Ayollar uchun ovozlar" ga asos solgan. Ittifoqning tajovuzkor harakat shaklini qoʻllab-quvvatlamaganiga qaramay, derazalarni sindirish bilan namoyish qilishni rejalashtirgani sabab, Er-xotin Pethick-Lawrencelar 1912-yilda hibsga olindi. Qamoqdan chiqqandan soʻng, Pethick-Lawrencelar yaqinda doʻst boʻlgan Emmeline Pankhurst va uning qizi Kristabel ularga aytmagan holda WSPUdan chiqarib yuborishdi. Shunday qilib Pethick-Lawence Birlashgan Suffragistlar safiga qoʻshildi. 1938-yilda Pethik-Lorens oʻzining Birinchi jahon urushi oldidan saylov huquqi harakatining radikallashuvini koʻrib chiqqan xotiralarini nashr etdi[4]. Shuningdek u, Edit Xou-Martin bilan Suffragan Birodarligini yaratishda ishtirok etdi, u yerda Pethick Birinchi jahon urushi harakatining hujjatlarini boshqarishda qatnashdi[5]. Uning eri 1945-yilda baron etib tayinlanganda Pehtick-Lawrence xonim nomini oldi[6].
Tan olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pethik-Lawrence nomi va fotosurati (shuningdek, ayollarning saylov huquqini qoʻllab-quvvatlovchi 58 nafar boshqa tarafdorlar) 2018-yilda ochilgan Londondagi Parlament maydonidagi Millisent Fosett haykali plintida abadiylashtirilgan[7].
Fond va tashkilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Espérance Club (qizlar va ayollar uchun raqs va teatr klubi)
- Jasur kambagʻallar uyushmasi (nogiron bolalarni qoʻllab-quvvatlash tashkiloti)
- Mustaqil mehnat partiyasi
- Kibbo Kift (ijodiy dam olish pasifist tashkiloti)
- Metodist cherkovining Gʻarbiy London missiyasi
- Ayollar xalqaro ligasi
- Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ Judge Roy. Mary Neal and the Espérance Morris // Folk Music Journal. — 1989. — Вып. 5, № 5. — С. 548.
- ↑ Atkinson, Diane. Rise up, women! : the remarkable lives of the suffragettes. London: Bloomsbury, 105. ISBN 9781408844045.
- ↑ Emmeline Pethick-Lawrence (1938). My Part in a Changing World. London.
- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ Historic statue of suffragist leader Millicent Fawcett unveiled in Parliament Square // Gov.uk.