Binafsha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Binafsha
Viola odorata
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Viola

Binafsha (Viola), gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, ekiladigan gul. B. Shim. yarim sharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 14tayovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta bahorda ochiladi. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq safsar, oq, sariq, havorang, xushboʻy hidli. B. yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda ham oʻsadi. Asosan, urugʻidan, ayrim turlari ildiz poyasini boʻlib ekish bilan koʻpaytiriladi. Xushboʻy B. (V. odarata)ning guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. B.ning bu turi Qrimda koʻp ekiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil