Vladimir Bulgakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Vasilevich Bulgakov
Vladimir Putin with Vladimir Bulgakov-1
Vladimir Putin Vladimir Bulgakovni Rossiya Federatsiyasi Qahramoni "Oltin Yulduz" medali bilan taqdirlash jarayoni (2000-yil 28-mart). Foto:Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot xizmati
Tavalludi 1-yanvar 1949-yil (1949-01-01) (75 yosh)
Belaya Kalitva, Rostov, RSFSR SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻshin turlari Quruqlikdagi qoʻshinlar
Xizmatdagi yillari 19672009
Unvoni General-polkovnik
Jang/urush Afgʻon Urushi, Birinchi Chechen urushi, Ikkinchi Chechen urushi
Mukofotlari

Orden for Service IV

Orden of Courage

SU Order For Service to the Homeland in the Armed Forces of the USSR 1st class ribbon Moskvaning 850 yilligi uchun esdalik" medali SU Medal 50 Years of the Armed Forces of the USSR ribbon RUS For Strengthening Military Cooperation Medal ribbon 2017 For military valour 1st rib For military valour 2st rib SU Medal For Impeccable Service 1st class ribbon SU Medal For Impeccable Service 1st class ribbon SU Medal For Impeccable Service 1st class ribbon Order of red banner afg rib
Isteʼfoda 2009-yildan

Vladimir Vasilevich Bulgakov (1949-yil 1-yanvar, Belaya Kalitva, Rostov viloyati) – rus harbiy qoʻmondoni, general-polkovnik (2001), Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2000).

SSSRda harbiy xizmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Bulgakov 1949-yil 1-yanvarda Belaya Kalitva shahrida tugʻilgan. 1967-yilda Belaya Kalitvadagi shahridagi 8-yillik maktabni, keyinchalik Orjonikidzedagi (Vladikavkaz) Shimoliy Kavkaz Suvorov harbiy bilim yurtini tamomlagan[1].

U 1967-yilda Sovet Armiyasi safiga qoʻshilgan. 1967-yildan 1971-yilgacha Sovet Ittifoqi Qahramoni, zirhli kuchlar marshali P.S.Rybalko nomidagi Toshkent Oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil oladi. 1971-yilda oʻqishni tamomlagandan soʻng u Chexoslovakiya hududidagi Markaziy kuchlar guruhida tank vzvodiga va tank bataloniga qoʻmondonlik qiladi. Katta leytenant, kapitan va podpolkovnik harbiy unvonlari muddatidan oldin berildi[2].

1979-yilda Sovet Ittifoqi marshali R.Y.Malinovskiy nomidagi Zirhli Kuchlar Harbiy Akademiyasini tamomlaydi. Bulgakov Shtab boshligʻi, motooʻq polki komandirining oʻrinbosari, tank polki komandiri lavozimlarida ishlagan. 1985—1987-yillarda Afgʻonistonda jang qilgan, afgʻon piyoda qoʻshinlari diviziyasi qoʻmondoni harbiy maslahatchisi boʻlib xizmat qilgan. Ikki marta yaralangan[3].

Vladimir Bulgakov 1987-yildan beri Belorussiya harbiy okrugidagi (Grodno shahri) motorli miltiq diviziyasi komandirining oʻrinbosari lavozimiga erishadi. 1990-yildan esa Polshadagi Shimoliy kuchlar guruhida 6-gvardiya tank Vitebsk-Novgorod qoʻshaloq Qizil Bayroq diviziyasi qoʻmondoni.

Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Bulgakov 1993-yildan Moskva harbiy okrugining 166-alohida qoʻsh qizil bayroqli Vitebsk-Novgorod 166-gvardiya alohida motorli qurolli brigadasi komandiri. U 1995-yildan Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi 58-qoʻshma qurolli armiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari etib tayinlanadi. Bulgakov Birinchi Chechen urushi davridagi jangovar harakatlarning faol ishtirokchisi, 1995-yil bahor va yoz oylarida Chechenistonning togʻli qismida, xususan, Vedeno va Shatoy viloyat markazlarini egallash boʻyicha operatsiyalarni boshqargan. U taktik vertolyot qoʻnishlarini juda muvaffaqiyatli qoʻllagan.

Vladimir Vasilyevich 1997-yilda Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan va Volgograddagi Shimoliy Kavkaz harbiy okrugining 8-gvardiya armiyasi korpusi qoʻmondoni etib tayinlangan. 1998-yil dekabrdan esa Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi qoʻmondonining favqulodda vaziyatlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan.

Bu lavozimda 1999-yil avgust oyidan boshlab u Chechen jangarilarining Dogʻiston Respublikasiga bostirib kirishini qaytarishda, 1999-yil oktyabr oyidan esa Ikkinchi Chechen urushida qatnashgan. 1999-yil oktabrdan „Shimoliy“ tezkor guruhi qoʻshinlariga, 1999-yil dekabrdan „Grozniy“ tezkor guruhi qoʻshinlariga, 2000-yil fevraldan martgacha – „Markaz“ tezkor guruhi qoʻshinlariga (Shatoyda faoliyat koʻrsatgan) qoʻmondonlik qilgan. 2000-yil yanvar oyidagi Grozniyga hujum qilish uchun janglariga bevosita rahbarlik qilgan.

Vladimir Bulgakov 2000-yil mart oyidan – Shimoliy Kavkaz harbiy okrugida qoʻmondonning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 2003-yil iyuldan esa quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni oʻrinbosari boʻlgan.

2006-yil 8-sentyabrda esa Vladimir Vasilyevich Uzoq Sharq harbiy okrugi qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan. 2009-yil yanvar oyidan harbiy xizmatni oʻtash yoshiga yetgani sababli zaxiraga olingan. Hozirda u Rostov-na-Don shahrida yashaydi. Jamoat faoliyati bilan shugʻulladi. Harbiy faxriylar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Rostov viloyati qoʻmitasining raisi. Uylangan, bir oʻgʻli (Rossiya armiyasi ofitseri) va bir qizi bor.

Vladimir Vasilyevich Bulgakov Harbiy fanlar nomzodi hisoblanadi.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Реликвии генерала Булгакова“. Qaraldi: 2-noyabr 2023-yil.
  2. Strashko V. General Bulgakov – natsionalnaya gordost i legenda. // Suvorovskiy natisk. – 2009. – 1-yanvar. – № 1
  3. „Асташкин Н. Булгаков В. В. в интернет-проекте «Успешные люди Дона»“. www.slovar.cc. Qaraldi: 27-oktabr 2023-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sidjax X. I. Alie pogoni Kubani i Kavkaza. – Maykop: OAO „Poligraf-Yug“, 2003. – 138—139-betlar. – 320 bet. – ISBN 978-5-7992-0768-7.
  • Galereya slavi pochyotnix grajdan gorodov i rayonov Rostovskoy oblasti. Pamyat. Nasledie. Gordost. – 2-tom. – Rostov–na-Donu: OOO „Zolotoe sechenie“, 2016. – 234-bet.
  • Astashkin N. Dolg soldata. Besedi s legendarnim voenachalnikom. – Rostov-na-Donu: Starie russkie, 2018. – 298 bet. – ISBN 978-5-901377-73-4.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Vasilevich Bulgakov | Vatan Qahramonlari veb-sayti