Vasil Yanchevetskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasil Grigorovich Yanchevetskiy
Tavalludi 4-yanvar, 1875-yil
Vafoti 5-avgust, 1954-yil
Moskva, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1901-1954-yillar
Mukofotlari

Vasil Grigorovich Yanchevetskiy (1875-yil 4-yanvar, Kiyev, Rossiya imperiyasi – 1954-yil 5-avgust, Moskva, RSFSR, SSSR) – sovet va ukrain sayohatchisi, Rossiya tarixiga oid koʻplab tarixiy romanlar muallifi, „Stalin mukofoti“ sohibi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasil Yanchevetskiy 1875-yil 4-yanvar kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Kiyev shahrida tugʻilgan. U 1897-yil Peterburg davlat universitetining tarix fakultetini tamomlaydi. 2 yil davomida Rossiya imperiyasi boʻylab sayohat qildi. Sayohati davomida toʻplagan maʼlumotlar asosida „Piyodaga eslatmalar“ nomli kitobini yozdi. 1901-yilda Buyuk Britaniyadagi Britaniya muzeyining kutubxonasida ishladi. Vasil Yanchevetskiy 1901-yil Ashxobodga borib, u yerda sharq tillari adabiyotini va mahalliy aholining urf-odatlarini oʻrganib chiqdi. 1902-yilda Xiva shahri boʻylab sayohat qilgan. Xivani sayohat qilib boʻlgandan soʻng, Fors-afgʻon ekspeditsiyasida qatnashgan. U 1905-yildan 1906-yillarda Sankt Peterburg axborot agentligining Uzoq Sharqdagi muxbiri sifatida faoliyat yuritgan. 1906-yildan 1907-yilgacha Toshkentdagi Turkiston migratsiya agentligida hisobchi boʻlib ishlagan. 1907-yildan 1912-yilgacha „Rossiya gazetasi“ning tahririyatida ishlagan. Vasil Yanchevetskiy 1925-yildan 1927-yilgacha Samarqanddagi Oʻzbekiston SSRning banklarida iqtisodchi boʻlib ishlagan. Shu bilan birgalikda, Samarqanddagi oʻzbek va tojik aholisining madaniyati haqida „Jahon izi“ jurnalida maqolalarini nashr ettirgan. Uning Samarqandda yozilgan „Xudum“ pyesasi Oʻrta Osiyoning bir qancha teatrlarida sahnalashtirilgan. U 1928-yil Moskvaga qaytadi. Jaloliddin Manguberdi va Chingizxonning hayotini oʻrganib chiqib, „Jaloliddin“ va „Chingizxon“ nomli asarlarini yozdi[2]. Vasil Yanchevetskiy 1954-yil RSFSR tarkibidagi Moskva shahrida vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasil Yanchevetskiyning 1939-yil yozilgan „Chingizxon“ asari uchun 1949-yilda „Stalin mukofoti“ bilan mukofotlangan. Bundan tashqari SSSR Oliy Kengashining bir qancha faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vasiliy Yan“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  2. „Василий Григорьевич Ян“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.