Kontent qismiga oʻtish

Vanj tizmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vanj tizmasiPomirdagi togʻ tizmasi. Uzunligi 80 km, eni 15 km. Vanj tizmasi Vanj va Yazgʻulom daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. Sharqiy qismi baland (4500—5600 m), gʻarbiy qismi kambar. Vodiylari juda chuqur va tor. Vanj tizmasi, asosan, quyi paleozoyda hosil boʻlgan granit, gneys, kvarsit, marmar, shuningdek qumtosh, konglomerat kabi jinslardan tarkib topgan. Vanj tizmasida oʻsimlik siyrak; archa, naʼmatak, doʻlana oʻsadi, baʼzi yerlarida yaylovlar uchraydi. 4000 m dan yuqoridagi togʻ tepalari doimiy qor va muzlik bilan qoplangan. Muzliklarning umumiy mayd. 221,1 km².

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil