Uychi
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Uychi — Namangan viloyati Uychi tumaniaat shaharcha, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chortoq (5 km). 1984 yil 10 oktabrda tashkil etilgan. Aholisi 15,6 ming kishi (2004). U.da yigiruvtikuv f-kasi, „Notoʻqima“ aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, 80 dan ortiq tashkilot, muassasa, uyushma va jamgʻarmalar faoliyat koʻrsatadi. Shaharchada 5 umumiy taʼlim maktabi (4668 oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat kasbhunar kollejlar (1511 talaba) ishlab turibdi. Tuman markaziy „Paxtakor“ stadioni, sport maktabi, tennis korti bor. U.da tuman markaziy kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 2 poliklinika aholiga xizmat koʻrsatadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |