Usmon Ad-Dorimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imom Abu Said Usmon ibn Said ibn Xolid ad-Dorimiy (vaf. 894) — islom ilohiyotchisi, mufassir, muhaddis, faqih.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning aniq tavallud sanasi nomaʼlum boʻlsa-da, taxminan 815 (hijriy 200) yilda tugʻilgani qayd etilgan. U sijistonlik boʻlib, arab tamim qabilasining darim boʻlimiga mansub. Boshlangʻich taʼlimni Sijistonda olgan. Hadis ilmini oʻrganish uchun Hijoz, Damashq, Homs, Iroq, Al-Kufa, Misr va Xuroson kabi markazlarni ziyorat qilgan. Makka va Madinada besh yil yashab, keyin Nishopurga qaytib, Hirotga joylashgan. U Jurjonda bir yil yashagan. U Imom ash-Shofeʼiyning shogirdi Abu Yaqub al-Buvaytiydan islom huquqi (fiqh), Abu Abdulloh Ibn al-Arabiydan arab tili va adabiyoti, Yahyo ibn Main, Ali ibn Madiniy va Ahmad ibn Hanballardan hadis va usul ilmini oʻrgangan. Nuaym ibn Hammod, Is'hoq ibn Rahuya, Sulaymon ibn Harb, Ibn Abu Maryam, Abu Bakr Ibn Abu Shayblar ham uning ustozlari orasida manbalarda tilga olinadi. Hirot va Nishopurdan koʻp odamlar undan hadis rivoyat qilganlar. U umri davomida jahmiy va karramiy ilohiyotshunoslari bilan fikriy kurash olib bordi. Uning Hirotdan quvilishida Muhammad ibn Karramning ham hissasi borligini inobatga olsak, u bilan siyosiy ziddiyat ham borligini aytish mumkin[1]. Dorimiy 894-yil fevralda (Zulhijja 280-hijriy) Hirotda vafot etdi[2]. Hijriy 282 yilda vafot etgani xabar qilinsa-da, bu rivoyat zaif sanaladi. Hirotlik imom, alloma, hofiz, mujtahid, muhaddis kabi unvonlar bilan mashhur Abu Said Dorimiyning ilmiy shaxsida hadis, fiqh, tafsir va aqida ilmi, hadis va kalom ilmlari ustunlik qiladi. Hadislarini „al-Musnad“ toʻplamida jamlagan. Ushbu toʻplam haqida, bu katta hajmli asar ekanligi aytiladi, ammo uning bugungi kungacha yetib kelgani maʼlum emas[3]. Abu Zura ar-Roziy muvaffaqiyatli muallif deb tan olgan ad-Dorimiy aqida, hadis, fiqh va tafsirga oid turli asarlar yozgani maʼlum qilinsa-da, bugungi kungacha ulardan faqat uchtasi yetib kelgan[4].

  • Al-Rad ala Al-jahmiyya (الرد على الجهمية);
  • Naqd al-imom Abu Said Usmon ibn Said ala al-Marisiy al-jahmiy al-‘anid fima aʼlo-allohi min at-tavhid (نقض عثمان بن سعيد على المريسي الجهمي العنيد فيما افترى على الله في التوحيد);
  • Tarix Usmon ibn Said ad-Dorimiy va Abu Zakariya Yahyo ibn Main fi tahrix ar-ruvat va tadilihim (تاريخ عثمان بن سعيد الدارمي عن أبي زكريا يحي بن معين).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dorimiy, Usmon b. Said / Abdulloh Aydinli // TDV İslom Ansiklopedisi : [tur.] : 44 c.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aydinli, 1993 yil.
  2. Aydinli, 1993 yil.
  3. Aydinli, 1993 yil.
  4. Aydinli, 1993 yil.