Kontent qismiga oʻtish

Usoma ibn Zayd

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Usama ibn Zayddan yoʻnaltirildi)

Usoma ibn Zayd (678 ) Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri.

Usomaning otasi Zayd paygʻambar Muhammad (s.a.v) xotinlari Xadichaning quli, Usomaning onasi Ummu Ayman esa otasi Abdullohning quli edi. Otasi vafotidan keyin Muhammad(s.a.v) Ummu Aymanni ozod qildi va Muhammad(s.a.v) Xadichaga uylanganidan keyin u Zaydni eriga berdi. Muhammad(s.a.v) Zaydni ozod qildi va Ummu Aymanga uylandi. Taxminan Muhammad(s.a.v) paygʻambarlik boshlanganining 4-yilida (614) Usoma Zayd va Ummu Aymanlardan dunyoga keldi. Muhammad (s.a.v)paygʻambar vafot etganlarida Usama 19 yoshda edi [1].

Muhammad(s.a.v) paygʻambar Usoma va uning otasi Zaydni juda yaxshi koʻrar va hurmat qilar edi. Usama ozligi sababli Badr va Uhud janglarida qatnashmadi. Usama urushga bormoqchi boʻldi, biroq Muhammad(s.a.v) paygʻambar uni bundan man qildi. Faqat Xandak jangida u jangda qatnashish uchun Paygʻambarimizdan ruxsat oladi va shundan keyin musulmonlar va mushriklar oʻrtasidagi boshqa barcha janglarda qatnashuvchi boʻladi [1].

632-yilda Vizantiya qoʻshinlari Shimoliy Arabistondagi aholi punktlariga hujumlarini kuchaytirdilar. Shu munosabat bilan Muhammad(s.a.v) paygʻambar Vizantiyaga qarshi qurollanish va qoʻshin yuborishni buyurdi. Bu yurishda Abu Bakr, Umar, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Said ibn Zayd, Qatoda ibn an-Nʼumon va boshqalar ishtirok etishni niyat qilgan edilar, biroq yosh Usama bu qoʻshinga qoʻmondon etib tayinlandi. Ahvoli yomonlashgani va Muhammad(s.a.v) paygʻambar vafoti munosabati bilan yurishga chiqqan qoʻshin qaytib keldi. Usoma Ali ibn Abu Tolibga paygʻambarning dafn marosimini tashkil qilishda yordam berdi. Shundan soʻng xalifa Abu Bakrning talabi bilan yurishga otlanib, Suriyaga yetib boradi. Bu yurish muvaffaqiyatli oʻtdi va uning qoʻmondonligi ostidagi qoʻshin koʻplab sovrinlar bilan qaytdi[2].

Usoma ibn Zayd xalifalar Abu Bakr va Umar davrida koʻplab janglarda qatnashgan. Xalifa Usmon oʻldirilgach, Usoma xalifalikdagi fuqarolar urushida qatnashmadi. Ali va Muoviya oʻrtasidagi qarama-qarshilik paytida u Suriyada yashagan va hech bir tomonga qoʻshilmagan. Keyin Vodi al-Kuraga (Shimoliy Arabiston) koʻchib oʻtdi va xalifa Muoviya davrida Madinaga joʻnab ketdi [1].

Madinadan uncha uzoq boʻlmagan Jurf degan joyda vafot etdi. Oʻlimida u 60 yoshda edi [1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Али-заде 2007.
  2. Ali-zade A. A. Usama ibn Zeyd // Islamskiy ensiklopedicheskiy slovar
  • Ali-zade A. A. Usama ibn Zeyd // Islamskiy ensiklopedicheskiy slovar. – M. : Ansar, 2007. – S. 793. – ISBN 978-5-98443-025-8. (CC BY-SA 3.0)