Zayd ibn Hodisa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
تخطيط اسم زيد بن حارثة.png

Zayd ibn Horisa (? - 629) - sahoba, Muhammad (sav)ning ozod qilgan quli va tutingan oʻgʻli. Yoshligidan Paygʻambar (as) oilasida tarbiyalangan. Xadichadan keyin makkalik ilk musulmonlarning uchinchisi, Qurʻonda zikr qilingan birdan-bir sahoba (Ahzob, 37). Zaydning otasi Horisa qadoa qabilasidan edi. Kichik yoshdaga Zayd onasi bilan birga qabila ziyoratiga borayotib asir tushgan, Makkaga keltirib Ukoz tijorat markazida sotilgan. Bozordan hazrati Xadichaga atab sotib olingan. Zaydni keyinchalik Xadicha onamiz hazrati Muhammad (sav) ga hadya qilgan. Rasuli Akram (sav) esa, uni qullikdan ozod etganlar va Zayd otasi va qabilasiga qaytib ketishni istamagach, uni farzandlikka qabul qilganlar. Zayd Badr jangidan tortib Muta jangida shahid boʻlgunga qadar barcha gʻazavotlarda Muhammad (s.a.v.) bilan birga boʻlgan. Paygʻambar (a.s.) chor atrofga yuboradigan sariyyalarga (oʻzlari boʻlmagan qoʻshinlarga) doimo Zaydni amir etib tayinlaganlar. Zayd Muta jangida qatnashgan askariy qoʻshinga amirlik qilgan va jangda halok boʻlgan.