Erkin Samandar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erkin Samandar
Samandarov Erkin
Tavalludi 1935.22.03.
Xiva tumani
Taʼlimi Xorazm Pedagogika insitituti o'zbek tili va adabiyoti fakulteti (1957)
Kasbi Shoir, yozuvchi va dramaturg
Mukofotlari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist (1989).

Erkin Samandar (asl nomi Samandarov Erkin) (1935-yil 22-mart, Xiva tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR – 13-aprel 2024-yil[1]) – yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist (1989).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkin Samandar 1935-yil 22-martda Xiva tumanida tugʻilgan. 1956—1961-yillarda Xorazm viloyati radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri, 1963—1967-yillar, 1990-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasi masʼul xodimi, 1967—1969-yillarda Oʻzbekiston televideniyesi „Yoshlik“ studiyasi bosh muharriri, 1969—1975-yillarda televidiniyaning dasturlar direktori, 1975—1977-illarda adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri, 1961—1963-yillarda „Xorazm haqiqati“ gazetasida boʻlim mudiri, 1977—1990-yillarda bosh muharrir, 1990—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozmida faoliyat yuritgan[2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi Xorazm viloyati Xonqa tumanida oʻtgan.

Oliy taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazm pedagogika institutining Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan (1952-1957)[3]. 1957—1958-yillarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida Beruniy nomli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi Beruniy nomli oʻrta maktabda oʻqituvchi (1957-1958).
  2. Xorazm viloyat radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri (1959-1961)
  3. Urganch tumani „Paxtakorlar ovozi“ gazetasining texnik kotibi (1961-1963).
  4. Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasida ishlagan (1963-1967; 1990).
  5. OʻzFA til va adabiyot insitituti aspiranti (1967).
  6. Oʻzbekiston televideniyesi „Yoshlik“ studiyasining bosh muharriri (1967-1969).
  7. Dasturlar direktori (1969—1975)
  8. Adabiy-dramatik eshtirishlar dasturlarining bosh muharriri (1975-1977).
  9. „Xorazm haqiqati“ viloyat gazetasining muharriri (1977-1990).
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (1990—1993).


Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]


Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy-adabiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Birinchi sheʼriy kitobi – „Amu jilolari“ (1966).
  2. „Dunyoning yoshligi“ (1968).
  3. „Osmon toʻla nur“ (1970).
  4. „Vafo degan gavhar“ (1973).
  5. „Mening yigitlik vaqtim“ (saylanma,1979).
  6. „Qabul soatlari“ (1980).
  7. „Sohildagi bolalar“ (1982).
  8. „Yablonya vo dvope“ (Moskva,1982).
  9. „Bahor oqshomlari“ (1984).
  10. „Щedrosti rassveta“ (1985).
  11. „Sevgi fasllari“ (1987).
  12. „Bu bogʻni qaysi bogʻ derlar“ (1988).
  13. „Yurakka yoʻl“ (1990).
  14. „Sevgi kitobi“ (1996).
  15. „Va yana bahor“ (2010, qizi Sayyora Samandar bilan hammualliflikda).
  16. „Koʻngil yoshligi“ (2010).

Jami 17 ta sheʼriy majmuasi chop etilgan. 100 dan ortiq qoʻshiqlar muallifidir.

„Osmonning tosh tulpori“, „Oltin sandiq“, „Qoʻshiq izlab“, „Erk sadolari“, „Ishqiy maktublar“, „Samarqandni oshiqlar qurgan“ kabi dostonlar muallifidir.

Dramaturgiyaga oid asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Javohir“ (musiqali drama, 1984).
  2. „Ajdodlar qilichi“ (tarixiy drama, 1986).
  3. „Jaloliddin Manguberdi“ („Yot hujra“, pyesa, 1988).[4]
  4. „Bashorat“ (musiqali drama, 1988).
  5. „Arabmuhammad“ (tarixiy drama, 1992).
  6. „Dilda borim“ (musiqali drama, 2012).

Ilmiy-publitsistik filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Avaz Oʻtar“
  • „Madraim Sheroziy“
  • „Uzoq yoʻl hikmatlari“
  • „Ming otlillar diyori“
  • „Ogahiy qoʻlini olgan rais“
  • „Xiva“
  • „Qum sayli“
  • „Taqdir yoʻllari“

Tarixiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq“ (roman,1989).
  2. „Tangri qudugʻi“ (roman, birinchi kitob, 1989).
  3. „Quduq tubidan sadolar“ (roman, ikkinchi kitob, 1989).
  4. „Suyanch“ (1996).
  5. „Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy“ (2000).
  6. „Ming otlilar diyori“ (2003).
  7. „Sulton Jaloliddin“ (roman, 2007).
  8. „Quyun yuzlari yoxud Ogahiy“ (roman, 2009).
  9. „Gʻarb qushlari“ (roman, qissa va hikoyalar, 2011).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ушёл из жизни Эркин Самандар, бывший вице-премьер, журналист и писатель“ (23:18 13-aprel 2024-yil).
  2. „ERKIN SAMANDAR (1935)“ (2013-yil 3-noyabr).
  3. "O'zbek adiblari" (S. Mirvaliyev, R. Shokirova). Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2016 yil.. 
  4. Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.