Uchtut chaqmoqtosh konlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uchtut Chaqmoqtosh Konlaridan yoʻnaltirildi)

Uchtut chaqmoqtosh konlari — ashel, mustye va yuqori paleolit davrlarida tayyorlangan tosh qurollar uchun xom ashyo manbalari. Uchtut chaqmoqtosh konlarik. mil. av. 5—4 ming yilliklarga oid. 1958-yil Buxoro viloyati Navoiy tumanining Uchtut qishlogʻi yaqinidan Ya. Gʻulomov rahbarligidagi Mohrndaryo ekspeditsiyasi aʼzolari tomonidan topilgan va shu qishloq nomi bilan atalgan. 1961—67 yillari M. R. Qosimov va 1967—80 yillar T.Mirsoatov tomonidan oʻrganilgan. Konning umumiy maydoni 8000 m2 boʻlib, shundan 1000 m2 qazib oʻrganilgan va 32 ta chaqmoktosh koni ochilgan. Uchtut chaqmoqtosh konlarik. voronka yoki oval shaklida (eni 95—110 sm dan 4— 5,5 m gacha, chuq. 5—5,5 m gacha) boʻlgan. Togʻ jinsiga 1-2 m qolganda konlar 3— 4 martagacha kengayib borgan. Uchtut chaqmoqtosh konlarik.ning tuproq qatlamidan saqlanib qolgan qurol izlari shaxtalar qanday qurollar yordamida qazilganligini aniqlash imkonini beradi. Uchtut chaqmoqtosh konlarik.ning tuproq qatlamidan bugʻuning kurak suyagi, yogʻoch qurollarning izlari, shaxtalar ichidan uchi silliqlangan hayvon shoxlari topilgan. Chaqmoqtoshlarni tosh qurollar bilan kavlab togʻ jinsidan ajratib, soʻngra ogʻir vazndagi qayroq toshlar bilan urib, bir necha boʻlaklarga boʻlganlar. Nam tortgan chaqmoqtosh moʻrtroq boʻlib, qurol yasash oson boʻlgan. Odamlar kon yaqinida chaqmoqtoshlardan qurollar yasab, ibtidoiy ustaxonalar vujudga keltirishgan. Bunday toshga ishlov berish joylari Qizilqumning boshqa rayonlaridan ham topilgan. Bunga Amudaryo boʻgʻozi yaqinidagi Sultonuizdogʻ toshkon makoni misol boʻla oladi. Hozirgacha Uchtut chaqmoqtosh konlarik.dan 35 xil tosh hamda hayvon shoxidan yasalgan qurollar topildi. Bular qad. odamlarning Uchtut chaqmoqtosh konlarik.dan uzoq muddat davomida xom ashyo manbai sifatida foydalanganini koʻrsatadi.