Ashel madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashel madaniyati – quyi pa-leolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchi-rilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dast-lab Fransiyaning Amen shahri yak,inidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ash.m. davri odamlari ibtidoiy jamiyat tu-zumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ash.m. Gʻarbiy vaSharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. Oʻrta OsiyodaAsh.-m.ga oid qarorgohlar Janubiy Qozogʻistonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Koʻlbuloq), Fargʻona vodiysida (Selungur) va boshqa joylarda uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil