Mohondaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Mohondaryo



MohondaryoBuxoro viloyatidagi quruq oʻzan. Uz. 58 km (kum bosgan sorili bilan hisoblaganda 150 km), eni 25– 250 m. Zarafshon daryosi qadimda shu oʻzandan oqib, Amudaryoga quyilgan. M. Yakkatut qishlogʻidan boshlanib, shim,-gʻarbiy, soʻng janubi-gʻarbiy yoʻnalishda davom etgan va Chuqurkoʻl, Mohonkoʻl, Oʻrtakoʻl va Chandirkoʻllarni hosil qilgan. Mohonkoʻldan soʻng ikkiga boʻlinib, shim.

dagisi M. va janubidagisi Gujayli (Bu joyli) yoki Gurdush deb atalgan. Shimoliy tarmoq, oʻz navbatida, ikkiga ajralib yana bir qancha mayda koʻllardan oʻtib, Chorjoʻy (hozirgi Turkmanobod) shahridan 100 km kuyida Amudaryo bilan tutashgan.

1950—64-yillarda akad. Ya.Gʻ.Gʻulomov rahbarligida arxeologik ekspeditsiya M. vodiysida tekshirishlar olib bordi. 1960—61 va 63 yillarda M. boʻylab Loʻhlikoʻl, Echkiqiron, Kichiktuzkon va Kattatuzkon koʻllari atrofida 4—3 ming yillikka oid 40 dan ortiq neolit davri makonlarining qoldiklari, shuningdek, Zamonbobo va Kichiktuzkon atrofida miloddan avvalgi 2-ming yillikka taalluqli 20 dan ortiq jez davri yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologi k tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha miloddan avvalgi 4—3ming yilliklarda M. va Gujayli oʻzanlari orqali Zarafshon daryosining oqimi uzluksiz ravishda Amudaryoga quyilib turgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida M.ning oqimi susayib, quyi qismi suvsizlikdan qurib qolgan va Zarafshon Amudaryoga quyilishdan toʻxtagan. Ammo uning yuqori qismiga suv kelib turgan. Zarafshon daryosidan yirik sugʻorish kanallari chiqarilib, daryo suvining ekin dalalariga taralishi natijasida qadimgi M. tamoman suvsizlikdan qurib qolgan.

Ad.h Muqammadjonov A.R., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi (qadim davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil