Ubaydulloh ibn Muso Kufiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ubaydulloh ibn Muso Kufiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Ubaydulloh ibn Muso Abu Muhammad Kufiy — 738-828 yillarda yashagan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Muhammad Ubaydulloh ibn Muso Kufiy 120/738 yilda Kufada tugʻilgan. Hadis ilmida hofiz va siqot(Ishonchli), deb e’tirof etilgan[1]. Ubaydulloh ibn Muso ko‘plab shaharlarda boʻlib, Hishom ibn Urva, Ismoil ibn Abu Xolid, Amash, Sufyon Savriy, Ibn Jurayh, Hanzala ibn Sufyon, Avzoiy va ularning tabaqotlaridan hadis rivoyat qilgan bo‘lsa, Uning oʻzidan Imom Buxoriy, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq, Abu Bakr ibn Shayba, Abbos Davriy, Imom Dorimiy, Horis Taymiy kabi ko‘plab mashhur muhaddislar hadis rivoyat qilishgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Muhammad Ubaydulloh ibn Muso Kufiy hijriy 213, milodiy 828 yilda vafot etgan[2].

E’tiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]



Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zahabiy,Siyaru a’lomi-n-nubalo. J. 9. –B. 557.
  2. Zahabiy, Siyaru-n-nubalo. J.1. –B. 563.