Ishoq
Qiyofa

Ishoq (arabcha: إِسْحَاق) yoki Isʼhoq – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri; Ibrohimning Sora ismli ayolidan tugʻilgan oʻgʻli. Bibliyada Isaak nomi bilan maʼlum. „Bani Isroil“ qavmining barcha paygʻambarlari Ishoq avlodidandir.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyatga koʻra, yoshi 90 ga yetgan Sora Ishoqga homilador boʻladi va u tugʻilgach, „Yashak“ (arabcha „kuladi“ maʼnosida) deb nom qoʻyadi. Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand koʻrganini eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. Ishoq voyaga yetgach, Rifqa ismli qizga uylanadi va undan egizak farzand koʻradi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat qilinishicha, Iysu 180 yil umr koʻrgan, Madinada dafn etilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Ishoq“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (I-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |