Tugʻlu Tekin maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tug`lu tekin maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Tugʻlu Tekin maqbarasi
Joylashuv Samarqand
Turi Maqbara
Material Pishiq gʻisht
Meʼmoriy uslubi Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish tamomlangan 1376-yil
Xarita
Koordinatalari 39.662228°0′0″N 66.98784°0′0″E / 39.66223°N 66.98784°E / 39.66223; 66.98784 G OKoordinatalari: 39.662228°0′0″N 66.98784°0′0″E / 39.66223°N 66.98784°E / 39.66223; 66.98784 G O
Tugʻlu Tekin maqbarasi. N.B.Nemsovaning „Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI вв“ kitobidan.

Tugʻlu tekin maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1376). Shohizinda ansamblining oʻrta qismida. Shaharning qad. devoriga taqab, Temur sarkardalaridan amir Husaynning oʻzi va onasi Tugʻlu Tekin sharafiga qurilgan. Maqbara (8,5x9,5 m) bir xonali, eshigi gʻarbga qaragan. T.Tugʻlu Tekin maqbarasida oʻsha davr meʼmorlik hamda koshinkorlik sanʼatining noyob namunalari saqlangan. Gul va yaproqlar tasviri, tutashgan halqalar hamda yozuvlar koʻkmoviy boʻyoqlarda toʻldirilgan. T.Tugʻlu Tekin maqbarasi ostida sagʻana (3,15x4,15 m) bor. Unga yoʻlakdan kiriladi. Maqbaraning bizgacha yetib kelgan ravogʻi va unga tutash devor qoldiklari asosida 1960-yillarda qolgan qismlari qayta tiklangan (usta Sh. Ishoqov, meʼmor I. I. Notkin).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tugʻlu Tekin maqbarasining tarxi. N.B.Nemsovaning „Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI вв“ kitobidan.

Tugʻlu Tekin maqbarasining peshtoq qismiga, sagʻana ustiga hijriy 777-yil sanasi qayd qilingan[1]. Amir Husayn Amir Temurning safdoshlaridan biri boʻlib, 1376-yili (hijriy 776-777-yillar) Ili daryosining yuqori oqimida joylashgan Uch turfon mavzesida moʻgʻul xoni Qamariddinxonga qarshi jangda halok boʻlgan. Uning Shohizindadagi maqbarasi eshigi ustiga quyidagi soʻzlar bitilgan:

Agar mening peshayvonim tomi Mushtariyga yetsa-da, bari bir bu dunyoning zaxri, oʻlim jazosi mustaxiqdir. Bu zimziyo qabrda birodarlarim, yolgʻizlikdagi umidim xudoning rahm-shafqatidir[2].

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara XV asrda qulab tushishni boshladi va XX asrga kelib binodan kirish qismi, janubiy va shimoliy devorlarning bir qismi saqlanib qolgan. Janubi-sharqiy burchak butunlay vayron boʻlgan va gumbaz qulab tushgan. XX asrning 50-yillarida maqbara oʻrganilib, devor qoldiqlaridan qayta tiklandi.

1952-yilda olib borilgan qazishmalar natijasida devorlarning poydevori topildi, ularning oʻlchami 5,9 x 5,75 m boʻlgan. Ichki qismida qabrlar va dahmalar topilgan. Bino qoldiqlariga koʻra, qabrlar oq, koʻk va oltin rangdagi sirlangan koshinlar bilan qoplangan.

Maqbaraning oʻlchamlari:

Tashqi tomonida 8,5×9,5 m

Ichki qismida 6,5×6,5 m

Taxminiy balandligi 11,5 m

Maqbaraning poydevori turli chuqurliklarda har xil oʻlchamga ega (janubdan maksimal — 1,4 m gacha, bino qal’a devorining tashqi yonbagʻrida qurilganligi sababli)[3]. Bino butunlay boʻyalgan mayolika bilan bir xil nisbatda oʻyilgan sirlangan terrakota bilan qoplangan. Maqbaraga sariq, yashil, qizil rangli naqshlar bilan bezak berilgan boʻlib, ular XIV asrda mavjud oʻzidan oldingi maqbaralarda uchramaydi.


Ichki qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbaraning ichki qismida 1,34 m balandlikdagi ikkita katta va beshta kichik toʻrtburchaklar olti burchakli plitalardan iborat panel mavjud. Devorlarning yuqori qismi oq gil ganch bilan qoplangan. Gumbazning shimoli-gʻarbiy burchakda asl nusxasi saqlanib qolgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ансамбль мавзолеев Шахи-Зинда в Самарканде“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
  2. Qulmatov Sh, Berdimurodov A. Samarqand yodgorliklari. Самарканд: Икмом Бухорий халкаро маркази, 2017 — 38 bet. ISBN 978-9943-4783-8-1. 
  3. Н.Б.Немцова. Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI в. Самарканд 2019 — 186 bet. ISBN 978-9943-357-47-1. 9-sentabr 2023-yilda qaraldi. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Н.Б.Немцова. Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI в. Самарканд 2019 — 184 bet. ISBN 978-9943-357-47-1.