Tugʻlu Tekin maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tug'lu Tekin Maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Tugʻlu tekin maqbarasi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1376). Shohizinda ansamblining oʻrta qismida. Shaharning qad. devoriga taqab, Temur sarkardalaridan amir Husaynning oʻzi va onasi Tugʻlu Tekin sharafiga qurilgan. Maqbara (8,5x9,5 m) bir xonali, eshigi gʻarbga qaragan. T.Tugʻlu Tekin maqbarasida oʻsha davr meʼmorlik hamda koshinkorlik sanʼatining noyob namunalari saqlangan. Gul va yaproqlar tasviri, tutashgan halqalar hamda yozuvlar koʻkmoviy boʻyoqlarda toʻldirilgan. T.Tugʻlu Tekin maqbarasi ostida sagʻana (3,15x4,15 m) bor. Unga yoʻlakdan kiriladi. Maqbaraning bizgacha yetib kelgan ravogʻi va unga tutash devor qoldiklari asosida 1960-yillarda qolgan qismlari qayta tiklangan (usta Sh.Ishoqov, meʼmor I.I.Notkin).

Tugʻlu Tekin maqbarasining koshinkori bezagi.

Ad: Nemsova N.B., Shvab Yu.Z., Ansambl Shaxi Zinda, T., 1979.