Toshpo‘lat Hamid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshpo‘lat Hamid
Asl ismi Toshpo‘lat Hakimovich Hamidov
Tavalludi 1927-yil 12-dekabr
Buxoro viloyati, O‘zbekiston SSR
Vafoti 1984-yil 9-fevral
Yessentuki, Stavropol o‘lkasi
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Taʼlimi Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro kdavlat universiteti)
Yoʻnalish she’riyat, jurnalistika
Janr nazm, publitsistika
Mukofotlari Hamid Olimjon mukofoti

Toshpo‘lat Hamid (asl ism-sharifi — Toshpo‘lat Hakimovich Hamidov, 1927-yil 12-dekabr, Buxoro viloyati, O‘zbekiston SSR — 1984-yil 9-fevral, Yessentuki, Stavropol o‘lkasi) — shoir, pedagog, journalist, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). Filologiya fanlari nomzodi (1969). Hamid Olimjon mukofoti sovrindori (1983).

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshpo‘lat Hamid 1927-yil 12-dekabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati) Bo‘ston qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. U Maksim Gorkiy nomli o‘rta maktabda ta’lim olgan. 1945-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti)ning til va adabiyot fakultetiga o‘qishga kirib, uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Mehnat faoliyatini Shofirkon tumanidagi Shota Rustaveli nomli maktabda oddiy o‘qituvchilikdan boshlab, Qiziltepa tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri darajasigacha ko‘tarilgan (1949—1955). 28 yoshida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi mas’ul kotibligiga tayinlangan. U 1960—1962-yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.

Toshpo‘lat Hamid „Asqad Muxtorning badiiy mahorati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yozdi[1] va uni 1969-yilning may oyida muvaffaqiyatli himoya qildi. U Buxoro davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limida (1955—1970), „Buxoro haqiqati“ gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishladi (1970—1979-yillar va 1983-yildan vafotiga qadar).

Toshpo‘lat Hamid 1984-yilda 57 yoshida og‘ir kasallik natijasida vafot etdi[2].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshpo‘lat Hamid „Quyosh sha’niga“, „Tumbazlar sadosi“, „Asrorqulning qo‘chqori“ (1960), „Mening asrim“ (1965), „Manzil“, „Bo‘ston navolari“, „Quvg‘in“, „Binafsha ufqlar“ (1973), „Родина аистов“, „Tog‘larga boq, tog‘larga“, „Qo‘shiqlar qanotida“ (1974) nomli she’riy kitoblari muallifi. U „Tilla darvoza“ (1972), „Qora kiyik“ (1973), „Mozorlar sotilmaydi“ (1974), „Gulob“ (1975) kabi dostonlar yozgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Тошпўлат Ҳамид (1927—1984)“. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  2. Мақсудов Р., Ражабов Қ. Қизилтепа тарихи. Тошкент: Тамаддун, 2015 — 203 bet.