Asqad Muxtor
Asqad Muxtor | |
---|---|
Tavalludi |
23-dekabr 1920-yil Namangan, Oʻzbekiston |
Vafoti |
17-aprel 1997-yil (76 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Asqad Muxtor (taxallusi; familiyasi Muxtorov, 1920-yil 23-dekabr, Fargʻona — 1997-yil 17-aprel, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1980). Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—1945). „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalarida mas’ul kotib, boʻlim mudiri (1945—1948). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957—1969, 1985—1988), uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosari (1965), „Sharq yulduzi“ (1960—1965), „Guliston“ (1969—1980) jurnallari, „Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati“ gazetasi bosh muharriri (1981—1982). 1996-yilning 17-aprelida vafot etgan.
Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dastlabki dostoni — „Bizning avlodlar“ (1939) Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi.
„Poʻlat quyuvchi“ (1947) poemasi bilan „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Opa-singillar“ (1954), „Tugʻilish“ (1961) asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Davr mening taqdirimda“ (1964).
„Chinor“ (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi.
Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amudaryo“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir.
„99 miniatyura“ (1962), „Sheʼrlar“ (1966), „Sirli nido“ (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan.
Soʻngra u „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta — „Oʻzbekiston adabiyoti va san'ati“ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi.
„Poʻlat quyuvchi“ (1947), „Hamshaharlarim“ (1949), „Rahmat, mehribonlarim“ (1954), „Chin yurakdan“ (1956), „99 miniatyura“ (1962), „Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1964), „Sheʼrlar“ (1966), „Quyosh belanchagi“ (1971), „Sizga aytar soʻzim“ (1978) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi.
Prozaik sifatida „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Qoraqalpoq qissasi“ (1958), „Buxoroning jin koʻchalari“ (1980), „Jar yoqasidagi chaqmoq“ (1982), „Kumush tola“ (1987) qissalari, „Opa-singillar“ (1955), „Tugʻilish“ (1960), „Davr mening taqdirimda“ (1964), „Chinor“ (1969), „Amu“ (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi.
Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
- Togʻaev O. Asqad Muxtor. Toshkent. „Toshkent“, 1966.
- Sayimov B. Asqad Muxtor prozasi. Toshkent. „Fan“, 1969.
- Sharafiddinov O. Ijodning katta yoʻlida. „Iste'dod jilolari“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1976.
- Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent: „Oʻqituvchi“, 1999.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 23-dekabrda tugʻilganlar
- 1920-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Namanganda tugʻilganlar
- 17-aprelda vafot etganlar
- 1997-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Oʻzbek yozuvchilari