Kontent qismiga oʻtish

Yessentuki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yessentuki — RF Stavropol oʻlkasidagi shahar (1917-yildan). Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 88 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kavkaz mineral suvlari guru-hidagi balneologik kurort. Podkumok daryosi vodiysida, 600—640 m balandlikda joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yozi iliq, qishi yumshoq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20°, yanvarniki —4°. Yiliga 520 mm yogʻin yogʻadi. Mineral karbonatli buloklar suvi ichiladi va qadoqlanib joʻnatiladi, yessentuki, narzan suvi vannasiga tushiladi. Tambukan koʻlidan keltirilgan balchiq bilan davolash ham qoʻllanadi. Meʼda-ichak, jigar, jigar va oʻt yoʻllari, moddalar almashinuvi buzilishi (ortiqcha semirish, podagra, qandli diabet) kasalliklari bilan ogrigan bemorlar davolanadi. Ye. 1798-yilda qurilgan harbiy istehkom oʻrnida 1839-yilda vujudga kelgan. Oʻsha yildan kurort sifatida rivojlanmoqda. Oziqovqat (jumladan, mineral suv qadoqlash) va yengil sanoat korxonalari bor. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil