Kontent qismiga oʻtish

Toshkent xalqaro ta’lim universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent Xalqaro Ta'lim Universiteti
Xalqaro nomi
Tashkent International University of Education
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2020-yil
Rektori Nosir Xodjaev
Fakultetlar 3
Talabalari 850+
Bakalavriat 3 yil
Professorlari 17+
Oʻqituvchilari 18
Manzili
183, Yashnobod, Toshkent shahri, 100207
,
Toshkent
,
Oʻzbekiston
Veb-sayti tiue.uz/uz

Toshkent Xalqaro Ta'lim Universiteti (inglizcha: Tashkent International University of Education, TIUE) — Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasasi. Darslar Oʻzbek,ingliz va Rus tilida olib boriladi. Axborot texnologiyalari,Biznes va Ta'lim jarayonlarini boshqarish borasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan[1]

Qisqacha tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TIUE axborot texnologiyalari, biznesni boshqarish, taʼlimni boshqarish va oʻquv jarayonlari sohasida yuqori sifatli mutaxassislarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan birinchi xususiy xalqaro universitetdir. TIUE asosiy maqsadi-ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilariga kashfiyotlar qilish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqish, tanqidiy oʻrganish, bilim, donolik va qadriyatlarni saqlash va uzatish imkonini beradigan amaliy oʻquv muhitini yaratish, bu innovatsiyalar, ijodkorlik, tadqiqot va tadbirkorlik. Bitiruvchilar innovator, tadbirkor, ijodkor va ishbilarmonga aylanadi. Oʻqituvchilar tarkibi mahalliy va xorijiy tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat.[2]

Asosiy maqsad va vazifalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini joriy etish va respublika iqtisodiyotining real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;

  • xorijdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, rivojlanish rejalariga zamonaviy fanlar, innovatsiyalar va dalillarga asoslangan texnologiyalarni joriy etish;
  • yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari, olimlar va mutaxassislarini oʻquv jarayoniga keng jalb etish;
  • Respublika oliy taʼlim tizimida zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or xorijiy tajribasini qo‘llash, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish.


O‘quv dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda TIUEda ingliz va rus tillaridagi Xalqaro bakalavr dasturida 460 dan ortiq talaba bor:

  • Axborot texnologiyalari
  • Biznes Boshqaruvi
  • Ta'lim va oʻquv jarayonlarini boshqarish
  • International Foundation Programme

Hamkor universitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]