Toshkent xalqaro Vestminster universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti
(TXVU)

TXVU binosi, Toshkent shahri
Xalqaro nomi Westminster International University in Tashkent (WIUT)
Asos solingan 2002
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Bahrom Mirkasimov
Fakultetlar 4
Bakalavriat 4
Magistratura 1
Kampusi Toshkent shahri
Manzili 12 Akhunbabaev ko'chasi, Toshkent sh., Oʻzbekiston 100000
Vebsayti www.wiut.uz

Koordinatalari: 41°18′24.999984000008″N 69°16′59.999988000018″E / 41.30694444000000232°N 69.28333333000000493°E / 41.30694444000000232; 69.28333333000000493 G O


Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) - Oʻzbekistondagi universitetlardan biri. 2002-yilda London Vestminster Universiteti, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda "Isteʼdod" jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Universitetning tarixi TXVU (Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti) O'zbekistondagi birinchi ingliz tilida dasturlashtirilgan universitet hisoblanadi.

Universitet Toshkent shahar Yashnobod t. Istiqbol ko'chasi 12 uyda joylashgan.

Universitetning oldi tarafida joylashgan g'ishtli bino 1912-1913 yillarda Turkiston davlati bosh quruvchsi - Svarichevskiy G.M.ning loyihasi asosida qurilgan. Dastlab, 2-ayollar gimnaziyasi sifatida foydalanilgan ushbu bino ikki qavatdan iborat bo'lgan (Keyinchalik, binoning uchinchi qavati qurilgan). Sovet davrida esa bu yerda Yuriy Gagarin nomidagi aviatsiya texnikumi joylashgan edi. 2002- yilda bino Toshkentdagi xalqaro Westminster Universitetiga berilgan.

TXVU O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 16-yanvardagi "Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster Universitetini tashkil etish to'g'risida"gi 22 son qarori asosida UMID Ta'lim muassasasi ishtirokida tashkil etilgan. TXVU O'zbekiston oliy ta'limning xalqaro standartlarini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston va boshqa mamlakatlar fuqarolariga bakalavriat va magistratura yo'nalishlari bo'yicha oliy-kasbiy ta'lim to'g'risidagi xalqaro miqyosda tan olingan diplomlarni olish imkoniyatlarini osonlashtirish uchun mo'ljallangan.

Ayni paytda Universitet kampusida ochiq va yopiq futbol va voleybol maydonlari, ma'ruza va konferensiya zallari, axborot resurs markazi, oshxona va bufetlar, zamonaviy o'quv binolari mavjud. Yaqinda yana bir o'quv binosi "Shahristanskaya" ko'chasi bo'yida qurilib, foydalanishga topshirildi. Ikkita zamonaviy, norezident va chet ellik talabalarni joylashtirish uchun yaxshi jihozlangan yotoqxonalar taklif etiladi.

Kurslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Umumta’lim kursi

TXVUning Xalqaro Umumta’lim kursi to’liq bir yillik kurs hisoblanadi. Kurs Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan. Bu kurs oliy ta’lim uchun ilk qadam hisoblanadi. Kursning asosiy maqsadi talabalarni oliy ta’limning yuqori bosqichlariga tayyorlashdan iboratdir. Xalqaro Umumta’lim kursi Vestminster Universiteti tomonidan taqdim etilgan va Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari va boshqa dunyoning ko’pgina universitetlaridagi bakalavr kurslariga kirish malakasini beradi.

Xalqaro Umumta’lim kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar TXVU bakalavr kurslariga o’tish malakasini qo’lga kiritadilar. Shuningdek, talabalar London Vestminster Universitetining tegishli bakalavr kurslariga o’tish malakasiga ham ega bo’lishadi.

Kursning asosiy xususiyatlari

Xalqaro Umumta’lim kursi quyidagi xususiyatlarga ega:

Kurs talabalarni Buyuk Britaniya madaniyati va oliy ta’lim uslubi bilan tanishtiradi. Buning muhim tarafi shundaki, Buyuk Britaniya oliy ta’lim tizimi O’zbekiston oliy ta’lim tizimidan farq qiladi va bu tizimga moslashish uchun ma’lum vaqt ketadi Kurs talabalarni Ingliz tilida ta’lim olish qobiliyatini rivojlantiradi. Busiz talabalar ta’limning yuqoriroq bosqichlariga o’ta olishmaydi
Kurs Biznes, Axborot Texnologiyalari, Huquq va Iqtisodiyot uchun kerak bo’lgan boshlang’ich bilimni beradi va talabalarga kelgusi mutaxassisliklarini tanlashga yordam beradi
Kurs muzokora qilish qobiliyatini va fikr erkinligini rivojlantiradi. Bular Buyuk Britaniya ta’lim tizimining muhim jihatlaridir.

TXVU Buyuk Britaniyaning Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan bakalavr dasturi bo’yicha quyidagi yo’nalishlarda ta’lim beradi:

Biznes Boshqaruvi (Wayback Machine saytida 2019-10-19 sanasida arxivlangan)
Iqtisodiyot (Wayback Machine saytida 2019-09-09 sanasida arxivlangan)
Biznesda Axborot Texnologiyalari (Wayback Machine saytida 2019-10-27 sanasida arxivlangan)
Tijoriy Huquq (Wayback Machine saytida 2019-09-07 sanasida arxivlangan)

TXVU ta’lim berish va muomala vositasi sifatida Ingliz tilini asos qilib olgan. Universitet kurslari O’zbekiston milliy iqtisodi va jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. TXVU davlatimizning ta’lim sohasidagi qimmatbaho tajribasini va Evropa standartlari va ta’lim tarzini uyg’unlikda olib boradi.

Qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

TXVUga qabul talablari Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan qabul qoidalariga asoslangandir.

Hozirda qabul talablari quyidagilardan iborat:

Umta’lim Kursi:

Qabul qarorlari asoslangan tamoyillarning muhim tarafi shundaki, ular talabaga kursdan foyda olish va muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. O’qishga kirishni xohlovchilar yosh, Ingliz tili, Matematika va boshqa umumiy talablarga javob berishi kerak:

Yosh talabi
Birinchi o’quv yili mobaynida talaba 17 yoshga to’lish kerak (o’quv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)

Ingliz tili talabi
Kamida 6.0 IELTS balli (IELTSning yozma bo’limidan 5.0 dan kam bo’lmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli

Matematika talabi
TXVUning matematikadan kirish imtihonini (Wayback Machine saytida 2019-10-27 sanasida arxivlangan) muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE yoki International Baccalaureate malakalariga ega bo’lish

Umumiy talablar
O’zbekiston fuqarolari keng miqyosdagi maktab fanlarini o’qiganligi va maktabni tugatganligi to’g'risida shaxodatnomaga ega bo’lishlari kerak. Kamida o’rtacha 70% shaxodatnoma (attestat) balli yetarli bo’ladi.

Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. O’qishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini ko’rsatishlari kerak. Sertifakatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablariga ko’ra qabul qilinadi.

Bakalavr Kurslari:

Bakalavr kurslariga kirish uchun quyidagi talablar qo’yilgan:

Yosh talabi
Birinchi o’quv yili mobaynida talaba 18 yoshga to’lish kerak (o’quv yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadi)

Ingliz tili talabi
Kamida 6.0 IELTS balli-Tijoriy Huquq kursiga 6.5-(IELTSning yozma bo’limidan 6.0dan kam bo’lmasligi kerak) yoki shunga teng TOEFL balli

Matematika talabi
TXVUning matematikadan kirish imtihonini (Wayback Machine saytida 2019-10-27 sanasida arxivlangan) muvaffaqiyatli topshirish yoki matematikadan shunga mos tan olingan malakaga ega bo’lish yoki Vestminster Universiteti tomonidan tan olingan GCSE A/S, International Baccalaureate, SATS, ACT kabi malakalarga ega bo’lish

Umumiy talablar
O’zbekistonlik o’qishga kirishni xohlovchilar keng miqyosdagi maktab fanlarini o’qigan va maktabni tugatganligi to’g'risida shaxodatnomaga ega bo’lishi va oliy o’quv yurtining birinchi o’quv yilini muvaffaqiyatli tugatgan bo’lishlari kerak. Odatda kamida o’rtacha 70% o’zlashtirish balli yetarli bo’ladi.

Boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlar ham qabul qilinishi mumkin. O’qishga kirishni xohlovchilar sertifikatlarining turi va darajasini ko’rsatishlari kerak. Sertifakatlar odatdagi Buyuk Britaniya talablari asosida qarab chiqiladi.

Magistratura Kurslari

Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursi

Xalqaro Biznes va Menejment Magistratura Kursiga quyidagi talablarga ko’ra qabul qilinadi:

Yosh talabi
O’qishga qabul paytida kamida 22 yoshda bo’lish kerak

Bakalavr ilmiy darajasi talabi
Har qanday sohada Buyuk Britaniyaning Lower Second Class Honours yoki shunga mos boshqa bakalavr ilmiy darajasi

Ingliz tili talabi
Agar bakalavr ilmiy darajasi Ingliz tilida o’qitilmagan va baholanmagan bo’lsa, kamida 6.5 IELTS balli (yoki 600 Paper/250 Computer/100 Internet based TOEFL balli)

Malaka Oshirish Yo’nalishida Maxsus Kurs

Bu kursga qabul talablari quyidagilardan iborat:

Ta’lim oluvchilar TXVUda yoki boshqa oliy va o’rta maxsus ta’lim dargohlari o’qituvchilari va boshqa xodimlari hamda 14 va undan yuqori yoshdagi maktab o’quvchilari bilan ishlaydigan o’qituvchilar bo’ladi. Bakalavr ilmiy darajasi yoki shunga ekvivalent ilmiy daraja Eng kamida 30 soatlik dars o’qitgan o’qituvchilar yoki fasilitatorlar IELTSdan 6.5 ball yoki shunga muvofiq keladigan TOEFL balli (600 paper-based, 250 computer-based, 100 internet based). Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tish

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]