Neʼmatulla Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibrohimov Neʼmatulla (1945.8.8, Margʻilon) — sharqshunos, manbashunos olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Filol. fanlari doktori (1984), professor (1985). Toshkent universitetining sharq, fakultetini tugatgan (1970). Shu universitetning arab, filol. kafedrasida oʻqituvchi, dotsent, professor (1970— 85), kafedra mudiri (1986 yildan), sharq fakulteti dekani (1989-91), Toshkent sharqshunoslik instituti rektori (1991 yildan). I. arab manbalari boʻyicha Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganish, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. I.ning asarlari Sharq va Gʻarb tillaridagi nodir manbalarning chuqur tahliliga asoslangan. I. manbashunoslikda yangi yoʻnalishlardan biri — Sharq badiiy tafakkuri va elitar madaniyatlarning uzviy yagonaligi haqidagi konsepsiya asoslarini yaratdi.

I. Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi (2001 yildan), "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Oʻzbekistondan chetga olib ketilgan va xalq boyligi boʻlgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish boʻyicha maxsus komissiya raisi (2001). Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati (1995 yildan).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Arabskiy narodniy roman, M., 1984; Ibn Battuta va uning Oʻrta Osiyoga sayohati, T., 1993; Oʻrta asr arab xalq adabiyoti, T., 1994; Pozdnesrednevekoviy arabskiy knijniy epos, T., 1994.