Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Ishga tushgan sanasi 2020-yil 6-noyabr
Joylashuvi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,Abdulla Qodiriy ko'chasi 11-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vebsayti moturidiy.uz
Til(lar)i Oʻzbek
Hamkor tashkilotlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4802-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 06-noyabrdagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 693-sonli qarori asosida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida tashkil etilgan.[1][2] Markazda 40 nafar xodim, shu jumladan, 24 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Markazning maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markazning asosiy maqsadi mutafakkir olim, moturidiylik taʼlimoti asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur oʻrganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qoʻshgan hissasini tadqiq etish va keng targʻib qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy gʻoyalar ruhida tarbiyalash, ularda maʼnaviy va maʼrifiy qarashlarga yot boʻlgan zararli taʼsirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishdan iborat.

  • Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    • aqida va kalom ilmi rivojiga alohida hissa qoʻshgan Imom Moturidiy va moturidiy allomalarning ilmiy, diniy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
    • Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan oʻrnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
    • islom dinining insonparvarlik mohiyati, uning maʼrifiy-madaniy roli va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazish;
    • Oʻzbekistonda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan Oʻzbekiston diyoridan yetishib chiqqan allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻlyozma, toshbosma asarlarning asl hamda elektron nusxalarini toʻplash va ularni kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
    • islom ilmlari, xususan kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bagʻishlangan anjumanlar, konferensiya, simpozium, koʻrgazma va ilmiy maʼruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish;
    • tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, internetda eʼlon qilishni tashkil qilish;
    • islom tarixi va kalom ilmi yoʻnalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish;
    • “jaholatga qarshi ma’rifat” gʻoyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, gʻoyaviy negizlari, zamonaviy koʻrinishlari va faoliyat uslublarini oʻrganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-maʼrifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qoʻllash uchun tavsiya etish.

Markaz boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xaritada

Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari boʻlimi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Boʻlim oʻz faoliyati davomida Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosini oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini tayyorlash, Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti yuzasidan zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, Sharq allomalari asarlarining qoʻlyozma va toshbosma nusxalari ustida tizimli tadqiqotlar olib borish, shu jumladan, ularni tahqiq qilish, faksimile nusxalarini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Boʻlimda 7 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Hozirgi vaqtda boʻlim tomonidan Imom Moturidiy “Tav’ilot al-Qur’on”, “Kitob at-tavhid” asarlarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish ustida ish olib borilmoqda. Burhoniddin MargʻinoniyningHidoya”, Mulla Ali QoriningSharh al-Fihq al-akbar” asarlari, moturidiylik taʼlimotiga oid aqidaviy matnlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilindi.

Zamonaviy islom tadqiqotlari boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy islom tadqiqotlari boʻlimi islom dinining insonparvarlik va tinchlikparvarlik mohiyati hamda uning jamiyat hayotidagi maʼrifiy-madaniy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, Sharq allomalari yozma ilmiy merosining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qoʻlyozma va toshbosma nusxalari ustida tizimli tadqiqotlarni olib borish, zamonaviy islomshunoslikka oid tadqiqotlar natijalarini ilmiy nashrlar, ommaviy axborot vositalari hamda jahon internet tarmogʻida eʼlon qilish orqali ilmiy jamoatchilikka yetkazish, qomuslar, kataloglar, albomlar chop etish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, gʻoyaviy negizlari, zamonaviy koʻrinishlari va faoliyat uslublarini oʻrganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-maʼrifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash uchun tavsiya etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Boʻlimda 6 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Boʻlim tomonidan bir qator, ilmiy tadqiqot natijalari, jumladan, “Mutaassiblikka qarshi moʻtadillik: metod va tahlillar”, “Dolzarb raddiyalar”, “Muhim savol-javoblar” kabi nashrlar tayyorlangan.

Tarjimalar boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarjimalar boʻlimi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy tarkibiy tuzilmalaridan biri boʻlib, boʻlim oʻz faoliyati doirasida Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti boʻyicha yozilgan zamonaviy tadqiqotlarni saralash, zamonaviy islomshunoslik masalalariga oid kitoblarni oʻzbek va boshqa tillarga tarjima qilish, tadqiqot natijalarini ilmiy nashrlar hamda ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlarida eʼlon qilib borishni tashkil etish, Markaz ilmiy xodimlari maqolalarini xorijiy nashrlarda eʼlon qilish uchun tarjima qilish, xorijiy tillarda tayyorlangan maʼlumotlarni tahrir qilish, xalqaro konferensiya, simpozium, panel va davra suhbatlarida Markaz nomidan tarjimonlik qilish, “Moturidiylik” jurnaliga topshirilgan xorijlik olimlarning maqolalarini oʻrganib chiqish va tahrir qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Boʻlimda 3 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Nashrlar boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nashrlar boʻlimi Markaz ilmiy xodimlari hamda boshqa tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan kitob, risola, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanma, buklet, albom, infografik maʼlumot hamda boshqa materiallarning tahriri va nashrini amalga oshirish, Markaz ilmiy xodimlarining maqolalarini mahalliy va xorijiy, shu jumladan, Scopus, Web of Science va boshqa tizimlarda roʻyxatdan oʻtgan jurnallarda, konferensiya materiallari toʻplamlarida nashr etishga koʻmaklashish va tashkil qilish, Moturidiylik jurnali uchun maqolalar jamlash va ularni tahrir qilish, jurnalni chop etish, Markaz tomonidan tashkil etilgan mahalliy va xalqaro miqyosdagi konferensiya va simpoziumlar materiallari toʻplamlarini nashr etish, ilgʻor nashriyotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, ularning tajribalarini oʻzlashtirish kabi funksiyalarni bajaradi.

Boʻlimda 5 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Xalqaro aloqalar boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro aloqalar boʻlimi Markazning xalqaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi tuzilmasi hisoblanib, u xorijiy mamlakatlarning universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, hamkorlikda simpozium, konferensiya va ilmiy seminarlarni tashkil etish, Markaz faoliyatiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlarini koʻrish, Markaz ilmiy xodimlarining xorijiy safarlari, shu jumladan, xorijda stajirovka oʻtashlari hamda malaka oshirishlarini tashkil qilish, Markazga xalqaro grant loyihalarini jalb qilish kabi funksiyalarni bajaradi.

Hozirgi vaqtga qadar boʻlim tomonidan Yevropa, Afrika va Osiyo mamlakatlarining nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan 10 dan ziyod Anglashuv memorandumi va boshqa bitimlar imzolangan.

Axborot-resurs markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axborot-resurs markazi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, Markaz kutubxonasida islomshunoslik, xususan, moturidiyshunoslikka oid qoʻlyozma va toshbosma manbalar hamda zamonaviy nashrlarni saqlash, raqamlashtirish va ularning katalogini yaratish ustida ish olib boradi.

Boʻlimda 4 nafar xodim faoliyat olib boradi.

Xalqaro ilmiy hay’at[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaz qoshida ilmiy-tadqiqot sohasida jahonning ilgʻor tajribalari va innovatsion uslublarini Markaz faoliyatiga tatbiq etish, islomshunoslik, xususan, moturidiyshunoslikka oid dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy yechim va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, islomshunoslikka oid zamonaviy dolzarb masalalar yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalqaro ilmiy hayʼat tashkil etilgan.

Xalqaro ilmiy hay’at tarkibi Muhammad Nazir Ayyad, Rafik Muxametshin, Mustafa Cherich, Said Fuda, Hamza Bakriy, Anjelika Broderson, Hulya Alper, Moxanad Xurshid, Yusuf Shavqi Yavuz, Abubakr Muttaqiy, Kamaluddin Nuriddin Merjuniy, Ashirbek Moʻminov, Zaylabidin Ajimamatov, Davronbek Maxsudov, Ahmad Damanhuriy, Ramil Adigamov, Homidjon Ishmatbekov, Shovosil Ziyodov, Saidmuxtor Oqilov, Xabibullo Sagdiev, Abdullatif Alloqulov kabi 22 nafar aʼzodan tashkil topgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]