Toshkent gramplastinka zavodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mulla Toʻychi Toshmuhamedov nomidagi Toshkent gramplastinka zavodi
Umumiy maʼlumot
Turi Zavod
Tasnifi Grammofon plastinkasi ishlab chiqarish
Manzili Toshkent shahri, Gramplastinka koʻchasi, 58-uy
Shahar Toshkent shahri
Foydalanilishi 1945-yil 6-oktabr

Mulla Toʻychi Toshmuhamedov nomidagi Toshkent gramplastinka zavodi — 1945-yil 6-oktabrda Toshkent shahri, Gramplastinka koʻchasi, 58-uyda tashkil etilgan zavod[1]. Zavod 1941-yilda evakuatsiya qilingan Noginsk zavodining jihozlari asosida barpo etilgan. Ishga tushirish ishlarida Toshkentda faoliyatini davom ettirish uchun taklif etilgan Aprelevka va Noginsk zavodlarining sobiq ishchilari qatnashganlar. Birinchi gramplastinkalar Aprelevka zavodidan olingan tayyor mahsulotlardan qilingan[2].

1946-yilda gramplastinkalarni ishlab chiqarish uchun oʻzini-oʻzi taʼminlovchi mahsulotlarga moʻljallangan joʻvali tegirmon va galvanizatsiya (elektroqoplash) ustaxonalarni ishga tushirish rejalashtirilgandi.

1948-yilgacha zavod Moskvadan tayyor yorliq blankalari va gramplastinka muqovalarini olgan. Chiqarilgan gramplastinkalarning koʻpchiligini Oʻrta Osiyo xalqlarining milliy qoʻshiqlari va musiqalari tashkil qilgan[3].

1957-yil avgust oyida zavod Toshkent xalq xoʻjaligi kengashi (Toshkent sovnarxoz) tasarrufiga oʻtkazildi. Xuddi shu yili zavod uzoq vaqt davomida oʻynaydigan gramplastinkalarni ishlab chiqarishni boshladi.

1960-yildan boshlab xoʻjalik kengashlari tizimida markazlashtirish jarayoni boshlandi: xalq xoʻjaligi kengashlarining xoʻjalik faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ittifoq respublikalaridagi bir necha iqtisodiy maʼmuriy hududlar asosida respublika xoʻjalik kengashlari tuzildi.

1961-yildan boshlab Toshkent gramplastinka zavodining yorliqlarida „O‘zbekiston xo‘jalik kengashi“ yozuvi va „Doʻstlik“ nomi paydo boʻldi.

Iqtisodiy zonalarning kengayishi munosabati tufayli 1963-yil fevralda SSSR Oliy Sovetining farmoni bilan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston SSR iqtisodiy maʼmuriy hududlari negizida Oʻrta Osiyo iqtisodiy hududi tashkil etildi. Zavod uning tarkibiga oʻtkazildi va endi yorliqlarda Oʻrta Osiyo xalq xoʻjaligi kengashi (Sredazsovnarxoz) yozuvi qoʻyila boshlandi.

1964-yil iyul oyidan Toshkent gramplastinka zavodi butunittifoq „Melodiya“ ovoz yozish firmasi tarkibiga oʻtkazildi[1].

1969-yilda zavodga Turkistonda ovoz yozish sanʼatining mohir ustasi boʻlgan xonanda Mulla Toʻychi Toshmuhamedov (Toʻychi hofiz) nomi beriladi[4][5].

1972-yilda zavod stereofonli gramplastinkalarni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1981-yilga kelib zavodda 10 ta ustaxona va 9 ta boʻlim faoliyat yuritgan. Zavodda 539 nafar sotsialistik mehnat zarbdorlari (ishchilari), 15 ta kommunistik mehnat birlashmasi ishlagan. Zavodning 12 nafar xodimlari hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, zavodda bolalar bogʻchasi va dam olish maskani ham mavjud edi.

1991-yilda zavod soʻnggi yirik gramplastinkalar turkumini chiqardi. 1995-yil mart oyida zavod „Sharq taronasi“ uyushmasi tarkibiga oʻtkazildi. Zavodning ishlab chiqargan asosiy mahsulotlari gramplastinkalar va gramplastinka muqovalari edi. Gramplastinkalar „Melodiya“ matritsalarida chiqarilgan, asosan, bolalar ertaklari edi. Ammo tez orada bu ishlab chiqarish ham yopiladi. Zavod oʻz faoliyatini 1995-yilda toʻxtatadi[6].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Андрей Кулаков. „Ташкентский завод“ (rus tilida). Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  2. Синеокий О.В. „Апрелевский мегазавод и другие предприятия грампластинок: некоторые артефакты советской рок-коммуникации// Человек и культура.“ (rus tilida) 197-272-betlar (2013-yil). 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  3. Garth Cartwright. „Excavated Shellac: An Alternate History Of The World’s Music“ (2021-yil 21-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  4. „Предмет любви и почитания“. 24-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Russian-Records.com“. Мир русской грамзаписи. The World of Russian Records.
  6. „The fate of the Soviet mega-record factories - 5 stories of the fall“. 2022-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2022-yil.
  7. „Аквариум – Жажда“.
  8. „Аквариум – Жажда“.
  9. „Komiljon Otaniyozov – Yaxshi“. 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Vladimir Visotskiy qo'shiqlari“. 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Muxtor Ashrafiyning „Dilorom“ operasi gramplastinkasi“. 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „„Navo maqomi“ o‘zbek xalq kuyi gramplastinkasi“. 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan.