Matritsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Matritsa (lot. matrix — bachadon) — 1) metallurgiyada — metallarga bosim bilan ishlov berishda qoʻllaniladigan shtamplarning ish qismi. M. sirtida tayyorlanadigan buyum (detal)ning qiyofasiga mos botiq (yoki teshik) boʻladi. Ana shu botiq (yoki teshik) ga shtampning ikkinchi qismi — puanson kiradi. M. yaxlit yoki qismlarga ajraladigan qilib yasalishi mumkin; 2) matbaada — harf, rakam yoki belgining tasviri tushirilgan metall plastinka yoki taxtacha (brusok). M.ning shriftlar quyiladigan (qoʻlda harf terishda ishlatiladigan literalarni quyish uchun), satr quyiladigan (qarang Linotip) va harf quyiladigan (qarang Monotip) xillari boʻladi. Yuqori bosma qolipidan xoʻllangan karton yoki plastmassaga botirib tushirilgan chu-qur nusxa ham M. deb ataladi. Bunday M.dan stereotiplar (qarang Stereotipiya) yoki galvanostereotiplar (qarang Galvanostereotipiya, Galvanotexnika) tay-yorlashda foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil