Vladimir Visotskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vladimir Semyonovich Visotskiy
Владимир Семёнович Высоцкий
Foto
Vladimir Visotskiy (1972)
Tavalludi sanasi

25-yanvar 1938-yil(1938-01-25)
Tavalludi joyi Moskva, SSRI
Vafoti sanasi

25-iyul 1980-yil(1980-07-25)
(42 yoshda)
Vafoti joyi Moskva, SSRI
Fuqaroligi SSRI
Janr Bard, shanson

Vladimir Semyonovich Visotskiy (rus.: Владимир Семёнович Высоцкий; 25-yanvar, 1938 - 25-iyul, 1980) rus shoʻro shoiri, bardi, yozuvchisi va aktyori boʻlgan.Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964—1980). 30 ga yaqin filmlarda suratga tushgan. Visotskiy ijodida 400 dan ortiq qoʻshiqlar mavjud: kulgili va hajviy, lirik qoʻshiqlar, romantik balladalar va hokazo Ayniqsa, uning qudratli zavq va haqqoniyat tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan, kuchli ichki hissiyot va zoʻr ehtiros ila ijro etilgan fojiali asarlari mashhur. Visotskiy bir necha bor Oʻzbekistonda boʻlgan va Toshkent, Navoiy, Chirchiq kabi shaharlarda konsert bergan (1973, 1979).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Visotskiy Vladimir Semyonovich" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil