Komiljon Otaniyozov
Komiljon Otaniyozov | |
Tavalludi: | 20-iyul 1917-yil Xorazm |
---|---|
Vafoti: | 11-may 1975-yil (57 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari: |
Komiljon Otaniyozov (1917.20.7, Shovot tumani Boʻyrachi qishlogʻi — 1975.5.11, Toshkent; oʻz qishlogʻiga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. Oʻzbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpogʻiston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi boʻlib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yoʻllarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yoʻllarini Matpano Xudoyberganovdan oʻrgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1955—56). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—52), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. O. Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—75 yillarda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957 yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi "Lazgi", 1957—59 va 1963—68 yillarda badiiy rahbari), 1967 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973— 74 yillar Shovot tumanida "Feruz" ansamblini tashkil etdi.
O. 30-yillardan murakkab xalq ashulalarini, dostonlardan qoʻshiqlar ayta boshlagan. Xorazm su vora va makrmlari O. ijrochilik faoliyatining yuqori bosqichi boʻldi. O. Xorazm doston qoʻshiq(noma)lari asosida yangicha us-lub yaratgan. Bastakor sifatida bu uslubda ijod qilgan "Salom, senga Xo-razmdan", "Muborak", "Vatan", "Ol-qish", "Temir yoʻl", "Oʻzbekiston", "Xorazm" kabi qoʻshiklari oʻzining ommabopligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. O. A. Stepanov bilan hamkorlikda "Aziz va Sanam", "Oshiq Gʻarib", S. Hayitboyev bilan "Soʻnggi xon" kabi mu-siqali dramalar yaratdi. Osiyo mamla-katlarida gastrolda boʻlgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- 20-iyulda tugʻilganlar
- 1917-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Xorazmda tugʻilganlar
- 11-mayda vafot etganlar
- 1975-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Kishilar
- Oʻzbekiston xalq artistlari