Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toshkent Islom universitetidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (Toshkent Islom Universiteti negizida. 2018 yil 16 apreldan)
(UzXIA)
Xalqaro nomi International islamic academy of Uzbekistan
Shiori diniy bagʻrikenglik
Asos solingan 2018
Oʻquv yurti turi Akademiya
Rektori Rustam Qosimov[1]
Talabalari 1400
Manzili Abdulla Qodiriy koʻchasi 11, Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Vebsayti www.iiau.uz

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (1999-2018 yillarda — Toshkent islom universiteti) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi oliy taʼlim muassasasi.[2][3]

Tarixi[tahrir]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya fakultetlari va kafedralari:[tahrir]

  • Islomshunoslik fakulteti
    • «Islom tarixi va manbashunosligi» kafedrasi;
    • «Qur’onshunoslik va hadisshunoslik» kafedrasi;
    • «Fiqh va kalom» kafedrasi;
    • «Dinlar tarixini o‘rganish UNESCO» kafedrasi;
    • «Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO» kafedrasi.
  • Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti:
    • «Sharq filologiyasi» kafedrasi;
    • «Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunoslik» kafedrasi;
    • «O‘zbek filologiyasi va tarjima nazariyasi» kafedrasi;
    • «Chet tillari» kafedrasi;
    • «Din psixologiyasi va pedagogika» kafedrasi.
  • Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti:
    • «Xalqaro munosabatlar» kafedrasi;
    • «Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi» kafedrasi;
    • «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi;
    • «Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari» kafedrasi.

Ta'lim yo'nalishlari[tahrir]

  • Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  • Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • Informatika va axborot texnologiyalari
  • Dinshunoslik
  • Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)
  • Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha)
  • Xalqaro munosabatlar
  • Islomshunoslik
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi
  • Turizm (Ziyorat turizmi)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)
  • Dinshunoslik
  • Psixologiya (Din psixologiyasi)
  • Tarix (islom sivilizatsiyasi)
  • Qur’onshunoslik
  • Hadisshunoslik
  • Islom huquqi
  • Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar
  • Islom tarixi va manbashunosligi
  • Turizm (ziyorat turizmi tashkil etish va boshqarish)
  • Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi
  • Mumtoz filologiya (faoliyat turlari)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
  • Qiyosiy dinshunoslik
  • Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi
  • Lingvistika (arab tili)

Akademiyaning asosiy vazifalari:[tahrir]

Mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni diniy (Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi, dinshunoslik) va dunyoviy (xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash; respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-meyoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirish; islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran o‘rganish hamda targ‘ib etish; — kadrlar tayyorlash jarayoniga yetuk mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilish orqali ilm-fan hamda ta’limning o‘zaro integratsiyasini chuqurlashtirish; o‘qitishning zamonaviy uslub va metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish asosida ta’lim sifatini oshirish; ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha diniy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlardagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Internet tarmog‘ida ta’lim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish; islom olamida yuzaga keladigan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy va ilmiy ta’lim muassasalariga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Akademiyaning tarkibiy qismlari:[tahrir]

  • Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi:

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi 2018 yilning 16 aprelida avvalgi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi asosida tashkil etilgan. Markaz islom dini va madaniyati, milliy merosi, qadimiy an’analarini har tomonlama o‘rganish, ularga oid mavjud manbalarni ilmiy talablar asosida tadqiq va nashr qilish, zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish va tegishli taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda davlat va boshqa chet el tashkilotlari buyurtmalariga ko‘ra, fundamental va amaliy tadqiqot loyihasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda

  • «Islom sivilizatsiyasini o‘rganish - ISESCO» kafedrasi:

ISESCO – (Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti) maxsus kafedrasi 2017 yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan (2016 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi) o‘z faoliyatini boshlagan. 2017 yilning 22–25 may kunlari Toshkent islom universiteti delegatsiyasi ISESCO Bosh qarorgohi Marokash poytaxti Rabot shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib, universitet tarkibida «Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO» kafedrasini tashkil etish yuzasidan Anglashuv Memorandumini imzoladi. Kafedrani tashkil etishdan maqsad – musulmon dunyosidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini o‘rganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni o‘qitishdan iborat.

  • «Dinlar tarixini o‘rganish YUNESKO» kafedrasi:

«Dinlar tarixini o‘rganish YUNESKO» kafedrasi 2000 yil 16 sentabrda tashkil etilgan. Kafedra a’zolari tomonidan YUNESKO faoliyatida diniy bag‘rikenglik tamoyillari, «Globallashuv sharoitida diniy soha rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va geosiyosiy ahamiyati, yoshlarda diniy bag‘rikenglik mada-niyatini yuksaltirishning yo‘llari va vositalari», «Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlar diniy-ma’rifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sog‘lom e’tiqodni shakllantirish» kabi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  • Manbalar xazinasi:

«Manbalar xazinasi» bo‘limi 1999 yilning 7 aprelidan faoliyat yuritib kelmoqda. Bo‘limning asosiy vazifasi ming yillar burun yashab o‘tgan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, O‘zbekiston Respublikasida saqlanayotgan va chet ellardan olib kelingan ilmiy-ma’naviy, diniy merosimiz durdonalarini jamlash, saqlash hamda ularni kelgusi avlodlarga munosib tarzda qoldirish, shuningdek, bu bebaho meros ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdan iboratdir. Bo‘limning qo‘lyozma va toshbosma kitoblardan iborat fondi asosan aholi qo‘lida saqlanayotgan mazkur kitoblarni sotib olish evaziga boyitib boriladi. Hozirgi kunda bo‘limda 500 nusxaga yaqin qo‘lyozma, 1500 nusxaga yaqin toshbosma, 10 000 nusxadan ortiq zamonaviy nashr kitoblari saqlanmoqda. Manbalar ichida Qur’on va hadis ilmlari, tasavvuf, mantiq, balog‘at ilmlari, shuningdek, tabiiy fanlarga oid matematika, astronomiya, geometriya va tibbiyot kabi ilm sohalariga taalluqli kitoblar bor

  • Akademik litsey:

Akademiyada uzluksiz ta’lim tizimini ta’minlash maqsadida 2000 yil akademik litsey tashkil etilgan. Akademik litseyda xorijiy filologiya (arab va ingliz tili), aniq fanlar (iqtisod va texnika) va ijtimoiygumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Bugungi kunda akademik litseyda 40 nafar malakali o‘qituvchi-pedagoglar faoliyat olib bormoqdalar. 2017-2018 o‘quv yilida akademik litseyni 246 nafar o‘quvchi tamomladi. Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida jami 500 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

  • «ZIYO-ZUKKO ta’lim maskani»:

Akademiyada uzluksiz ta’lim tizimini ta’minlash maqsadida 2016 yil «ZIYO-ZUKKO ta’lim maskani» umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil etilgan. «ZIYO-ZUKKO ta’lim maskani»ning jami 300 nafar o‘quvchisi mavjud. Maktabda ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va fan o‘qituvchilarining barchasi oliy ma’lumotli, tajribali mutaxassislardir. O‘quvchilar 1-sinfdan ingliz va rus, 2-sinfdan arab tili to‘garaklariga jalb etiladi. Shu bilan birga, ularning ma’nan va jismonan sog‘lom bo‘lishi, har tomonlama rivojlanishi uchun shaxmat, taekvondo, badiiy gimnastika kabi sport to‘garaklari tashkil etilgan.

  • «Islom tafakkuri» jurnali:

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining nashri hisoblangan «Islom tafakkuri» jurnali o‘zbek, ingliz, rus va arab tillarida nashr etiladi. Jurnal Akademiya faoliyatiga mos ravishda «Qur’onshunoslik», «Lug‘atshunoslik», «Mumtoz filologiya», «Fiqh ilmi», «Hadisshunoslik» kabi turli ruknlar ostida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, mutaxassislarning ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari, tadqiqotlar natijalari, qiziqarli ma’lumotlar va axborotlarni berib boradi.

  • «Ziyo» media markazi:

Akademiya tarkibida «Ziyo» media markazi bo‘lib, uning jamoasi media sohasidagi yuqori malakali kadrlardan tashkil topgan. U o‘z oldiga diniyma’rifiy, ijtimoiy, tarixiy, ilmiyommabop ko‘rsatuvlarni tayyorlash va taqdim etishni maqsad qilgan. Markazda istiqlol yillarida O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ulkan ijobiy ishlarni va milliy qadriyatlarni o‘zida aks ettiruvchi, diniy-ma’rifiy, ilmiyommabop va ijtimoiy yo‘nalishlarda ko‘rsatuv va filmlar tayyorlanib, teletomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda. «Ziyo» media markazi ko‘rsatuvlarini imom-xatiblar, professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda tayyorlaydi. Qolaversa, ko‘rsatuvlarning samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida markaz ijodkorlari viloyatlarga ijodiy safarlar uyushtirib turadilar.

  • Iqtidorli yoshlar:

Akademiya iqtidorli talabalarining imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tizimli faoliyat tashkil etilgan bo‘lib, turli sohalarda ilmiy-ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan talaba-yoshlarni aniqlash va ularga ko‘mak berish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, talaba-yoshlar ichidan yaxshi va a’lo baholarga o‘quvchilarini aniqlash va ularga tajribali professor-o‘qituvchilarni “ustoz-shogird” an’anasiga ko‘ra biriktirish va ularning ilmiy faoliyat olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida o‘tgan vaqt mobaynida Respublika iqtidorli talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan Dinshunoslik olimpiadasining Respublika bosqichida akademiya (universitet)ning 15 nafar talabalari birinchi o‘rinlarni olishdi. O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasining g‘oliblari yetishib chiqishdi. 2002-2018 yillar davomida Akademiya (Toshkent islom universiteti)ning 43 nafar talabasi Imom al-Buxoriy nomidagi, 1 nafar talabasi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi. Akademiyaning birinchi qaldirg‘ochlaridan, hozirda jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO kafedrasining katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov 2015 yil “Yilning eng yaxshi ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovi Toshkent shahar bosqichi, 2016 yil Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2018 yilda “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” respublika ijodiy ishlar tanlovida “Dinshunoslik” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti B.Botirov mazkur musobaqaning Respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Xudoyqulova Sabina 2018 yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Respublika yosh olimlarining innovatsion grant tanlovi”da 10 mln so‘mlik grant sohibiga aylandi. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning fan va ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Akademiyada mutaxassislik fanlari, chet tillari hamda sport turlari bo‘yicha 42 ta to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 400 ga yaqin talaba-yoshlarning doimiy ishtiroki ta’minlangan. Shu bilan birga, 2019 yildan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda amaliy cholg‘uchilik (dutorchilik, rubobchilik) bo‘yicha badiiy to‘garaklar qayta tashkil etilib, talabalarning qiziqishlarini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

  • Talabalar turar joyi:

Akademiya TTJsida istiqomat qiluvchi talabalarning vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish, ularning madaniy xordiq chiqarishlarini ta’minlash yuzasidan 450 dan ortiq badiiy adabiyot, 800 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 30 dan ortiq vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan Akademiya ARMining filiali hamda Ma’naviyat-ma’rifat xonalari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda talabalar fan va badiiy adabiyotlarni o‘qishib, turli ma’naviy musobaqalar, viloyatlarning urf-odat va an’analarini namoyish etuvchi “Viloyat haftaliklari” o‘tkazishadi. Shu bilan birga, TTJga Respublikamizning taniqli olimlari sharqshunos olimlari (professor Ubaydulla Uvatov, professor Ahadjon Hasanov), dindorlar (Shayx Abdulaziz Mansur, Anvar qori Tursunov, Rahmatullo qori Sayfuddinov va boshq.), adabiyotshunoslar (Tohir Malik va boshqalar), shoirlar (Bobur Bobomurod, Iqbol Mirzo va boshq.), kino aktyorlari (Jumadulla Rametov, Dilnoza Kubayeva va boshqalar) bilan davra suhbatlari uyushtirilib boriladi. Shu bilan birga, Akademiya professor-o‘qituvchilarining TTJda navbatchiligi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan ham muntazam ravishda suhbatlar uyushtirilgan bo‘lib, ularda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ustozlar o‘zlarining hayot tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar berib kelishmoqda.

Rektorlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]