Genotip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Genotip (gen va yun. typos — iz, shakl) — muayyan organizm xromosomalari va sitoplazmasidagi barcha genlar majmui. "G." terminini fanga daniyalik biolog V. Yogansen kiritgan (1909). G keng maʼnoda organizm xromosomalaridagi, shuningdek xromosomalardan tashkari (sitoplazma va plastida)dagi genlarni ham qamraydi. G. oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan genlarning yagona sistemasi hisoblanadi va undagi har bir genning funksional faoliyati genetik muhitga bogʻliq. G. organizm muhiti bilan oʻzaro taʼsirga kirishib, belgining fenotipik namoyon boʻlishini taʼminlaydi. Mas, gʻoʻzaning antotsian rangini Rp — gr geni (ingliz. Red plant — qizil rangli oʻsimlik) nazorat qiladi (qarang Antotsianlar). Bu belgining fenotipik namoyon boʻlishiga gendan tashqari tashqi muhit omillari, jumladan quyosh nuri ham taʼsir koʻrsatadi. Yoritilganlik darajasiga qarab bir xil G.li (Rp Rp) oʻsimliklarda belgining fenotipik namoyon boʻlish darajasi turlicha boʻlishi mumkin. Demak, G. organizm reaksiya normalari irsiylanishini belgilaydi. G. tor maʼnoda faqatgina organizmdagi maʼlum bir belgi rivojlanishini nazorat qiluvchi genlar guruhini yoxud ayrim genlarni bildiradi. Mas, gʻoʻzada G. simpodiya tiplari boʻyicha SS, Ss (cheklanmagan), ss (cheklangan); barg shakli boʻyicha — 0101 (kertikli), 01 ol (oraliq shaklda), ol o! (chetlari tekis oddiy shaklda) koʻrinishida belgilanadi. Har ikki belgi boʻyicha esa G. — SS0101, ss ol ol, ss 0101 va b. shakllarda ifodalanadi.

Sharifjon Turabekov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil