Chanoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chanoq, tos — gavda skele/iining pastki qismi. Ch. odamda oyoqlarni, sut emizuvchilarda esa orqa oyoqlarni, tanaga birlashtiradi. Ch. umurtqa pogʻonasi va tananing yuqori qismi uchun tayanch vazifasini bajaradi; Ch. oʻng va chap nomsiz Ch. suyaklari hamda dumgʻaza va dum suyaklaridan hosil boʻladi.

CH. suyaklari birbiriga oldidan qov simfiziga oʻxshab, orqadan esa juft dumgʻazayonbosh boʻgimlari koʻrinishida dumgʻazaga birlashadi. Har bir nomsiz suyaklar (oʻsish davri oxirida qoʻshilib ketadi) yonbosh, quymuch va qov suyaklaridan tashkil topadi. Ular birlashish joyining tashqi tomonida quymuch kosasi joylashadi.

CH. tuzilishining jinsiy xususiyatlari bor. Ayollarda Ch. erkaklarnikiga nisbatan bir qadar keng va kalta boʻladi. Katta va kichik Ch. bor. Katta Ch. oldidan qorin old devori yumshoq toʻqimalari bilan, orqadan umurtqa pogʻonasi, yondan yonbosh suyak qanotlari bilan, kichik Ch. oldidan qov suyaklari, orqadan dumgʻaza va dum suyagi, yondan quymuch suyagi va yumshoq toʻqimalar bilan oʻralgan. Katta Ch.da qorin boʻshligʻi pastki qismidagi aʼzolar, kichik Ch.da toʻgʻri ichak, qovuq, erkaklarda prostata bezi va urugʻ pufaklari, ayollarda bachadon va uning ortiqlari hamda qin joylashgan. Ch. suyaklarida orqa tomondan orqa va umurtqa pogʻonasi muskullari, oldidan qorin muskullari birlashadi. Oyoq muskullari ham Ch.dan boshlanadi. Dumbaning katta muskuli Ch. sohasidagi eng katta muskul xisoblanadi. Yonboshning ichki juft arteriyalari Ch. devori va undagi ichki aʼzolarni qon bilan taʼminlaydi; dumgʻaza nervi chigallarining shoxchalari innervatsiya qiladi.

CH. sinishi Ch.ning xavfli shikastlaridan xisoblanadi. Ch. chikishi kam uchraydi; lekin bolalarda Ch. shikastlanishi natijasida boylamlar uzilishi, chanokson boʻgʻimi chiqishi koʻproq kuzatiladi. Tugʻruq vaqtida baʼzan Ch.ning qov birikmasi uzilishi mumkin. Quymuch kosasi singanda koʻpincha son chiqadi. Ch. kasalliklariga qon orqali tarqaladigan (gematogen) osteomiyelit (bunda, odatda, yonbosh suyagi qanotlari va dumgʻaza zararlanadi), brutsellyoz va revmatoid artritsa dumgʻazayonbosh boʻgʻimining zararlanishi va boshqa kiradi.