Kontent qismiga oʻtish

Tibet tulkisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tibet tulkisi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Tulkilar
Binar nomi
Vulpes ferrilata[2]
Tibet tulkisining tarqalishi
Tibet tulkisining tarqalishi
Sinonimlari
  • Vulpes ferrilatus
  • Vulpes ekloni (Przewalski, 1883)
  • Canis ferrilatus
  • Canis ekloni
  • Neocyon ferrilatus
  • Neocyon ekloni


Tibet tulkisi (Vulpes ferrilata''), shuningdek, Tibet qum tulkisi deb ham ataladi. Ushbu tur Tibet platosining yuqori qismida, Ladakh platosida, Nepalda, Xitoyda, Sikkimda va Butanda yashovchi haqiqiy tulki turidir. U taxminan 5,300 m (17,400 fut) balandlikda yashaydi. Tibet tulkisi Tibet platosining dashtlari va yarim sahrolarida juda keng tarqalgani sababli Tibet tulkisi IUCN Qizil roʻyxatida kam xavf ostidagi tur deb qayd etilgan[1].

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibet tulkisi kichik va ixcham hajmda boʻlib, yumshoq, zich moʻynali, tor tumshuq va tukli dumga ega boʻladi. Uning tumshugʻi, toj, boʻyin, orqa va pastki oyoqlari sargʻishdan qizil ranggacha boʻlib, yonoqlari, yonlari, yuqori oyoqlari va dumlari kulrang boʻladi. Dumining uchi oq. Qisqa quloqlari orqasida sargʻish-kulrang, ichki va pastki qismi oq rangda[3].

Dumini hisobga olmaganda voyaga yetgan Tibet tulkilarining uzunligi 60 dan 70 sm gacha (24 dan 28 dyumgacha) dumi esa 29 dan 40 sm gacha (11 dan 16 dyuymgacha) uzunlikda boʻladi. Kattalarning vazni odatda 4 dan 5,5 kg gacha (8,8 dan 12,1 funtgacha) ni tashkil etadi[4]

Haqiqiy tulkilar orasida, uning boshi goʻshtxoʻrlik borasida eng ixtisoslashganidir[5]. Uning kondilobazal uzunligi va jagʻ suyaklari uzunligi tepalik tulkilaridan uzunroq boʻlib, bosh qismi tepalik tulkilariga qaraganda qisqaroq, va zigomatik yoylari torroq boʻladi. Tibet tulkisi ning jagʻlari ham juda tor, va peshonasi botiqdir. Tibet tulkisining it tishlari ham tepalik tulkilariga qaraganda ancha uzun hisoblanadi[6].

Tarqalishi va yashash joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibet tulkisi Tibet platosining gʻarbiy qismida, Xitoyning Ladakh platosida tarqalgan. U Himolayning shimoliy chegaralarida, Nepal va Hindistonning shimoliy chegaralarida, Tibet boʻylab va Xitoyning Qinghai, Gansu, Xinjiang, Yunnan va Sichuan provinsiyalarining baʻzi qismlarida uchraydi[1]. U asosan yarim quruq va quruq oʻtloqlarda yashaydi, odamlar yoki zich oʻsimlik qoplamidan uzoqda boʻlishga intiladi. U 3,500 dan 5,200 m gacha (11,500 dan 17,100 futgacha) balandlikdagi yuqori tekisliklar va tepaliklarda yashaydi va baʻzan 2,500 m (8,200 fut) balandlikda ham uchraydi[7].

Feʼl-atvori va ekologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibet tulkisi asosan plato pikalarini ovlaydi, qoʻshimchasiga kemiruvchilar, sugʻurlar, junli quyonlar, quyonlar, kichik yer qushlari va kaltakesaklar bilan ham oziqlanadi[8]. U shuningdek Tibet antilopalari, mushk kiyiklari, koʻk qoʻylar va chorva mollarining jasadlarini yeydi. Tibet tulkilari asosan yolgʻiz, kun davomida ov qiladigan hayvonlardir, chunki ularning asosiy oʻljasi, pikalar, kunduzgi hayvon hisoblanadi[3]. Tibet tulkilari pikalarni ovlash paytida qoʻngʻir ayiqlar bilan birgalikda yashashi mumkin. Ayiqlar pikalarni qazib chiqaradi, va tulkilar pikalar qochib ketganda ularni tutib oladi[4].

Juftlar birga yashaydi va birgalikda ov qilishlari ham mumkin[9]. Taxminan 50 dan 60 kungacha boʻlgan homiladorlik davridan soʻng, ikkita yoki toʻrtta yosh tulkilar tugʻiladi va 8 dan 10 oygacha ota-onalari bilan qoladi[7]. Ularning inlari toshlarning tagida, eski qirgʻoqlar va past togʻ etaklarida quriladi. Inlar toʻrtta kirishga ega boʻlishi mumkin, kirishlari 25–35 sm (9,8–13,8 dyum) diametrda boʻladi[3].

Kasalliklar va parazitlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyning Sichuan provinsiyasi Sêrxü tumanidagi Tibet tulkilari Echinococcus bilan ogʻir kasallangan, Sichuanning gʻarbiy qismidagi tulkilar esa alveolar gidatid kasalligining asosiy tashivchilari hisoblanadi[3].

  1. 1,0 1,1 1,2 Harris, R. (2014). "Vulpes ferrilata". IUCN Red List of Threatened Species 2014: e.T23061A46179412. doi:10.2305/IUCN.UK.2014-3.RLTS.T23061A46179412.en. https://www.iucnredlist.org/species/23061/46179412. Qaraldi: 19 November 2021. Tibet tulkisi]]
  2. Wozencraft, W. C. „Species Vulpes ferrilata“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005 — 532–628-bet. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Sillero-Zubiri, C.; Hoffman, M.; MacDonald, D. W. „Tibetan Fox“, . Canids: Foxes, Wolves, Jackals and Dogs - 2004 Status Survey and Conservation Action Plan. IUCN/SSC Canid Specialist Group, 2004. ISBN 2-8317-0786-2. 
  4. 4,0 4,1 Harris, R. B.; Wang, Z. H.; Zhou, J. K.; Liu, Q. X. (2008). "Notes on biology of the Tibetan fox (Vulpes ferrilata)". Canid News 11: 1–7. http://www.canids.org/canidnews/11/Biology_of_Tibetan_fox.pdf. 
  5. Heptner, V. G.; Naumov, N. P. „Genus Vulpes Oken, 1816“, . Mammals of the Soviet Union. Washington, D.C.: Smithsonian Institution Libraries and The National Science Foundation, 1998 — 385–570-bet. 
  6. Pocock, R. I. „Vulpes ferrilata Hodgson. The Tibetan Sand Fox“, . Fauna of British India: Mammals. London: Taylor and Francis, 1941 — 140–146-bet. 
  7. 7,0 7,1 Clark, H. O.; Newman, D. P.; Murdoch, J. D.; Tseng, J.; Wang, Z. H.; Harris, R. B. (2008). "Vulpes ferrilata (Carnivora: Canidae)". Mammalian Species (821): 1–6. doi:10.1644/821.1. 
  8. Borgwat, Melissa „Vulpes ferrilata (Tibetan fox)“. Animal Diversity Web. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  9. Liu, Q.X.; R. B. Harris; X.M. Wang; Z.H. Wang (2007). "Home range size and overlap of Tibetan foxes (Vulpes ferrilata) in Dulan County, Qinghai Province" (zh). Acta Theriologica Sinica 27: 370–75.