Tenioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Choʻchqa solitorining hayot sikli

Tenioz (lotincha: {{{1}}}:taeniosis) – parazitlar ketirib chiqaruvchi infeksion kasallik hisoblanadi. Qoʻzgʻatuvchisi – Taenia solium[1] – choʻchqa solitori.

Marfologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parazit tashqi koʻrinishi boʻyicha qoramol solitoriga[2] oʻxshaydi. Uzunligi 3 metrdan oshmaydi, tanasi 1000 tagacha boʻgʻimlardan tuzilgan. Boshchasida 4 ta soʻrgʻichlari bilan birgalikda 20-32 tacha ilmoqchalari mavjud. Yetilgan boʻgimlar oʻz ichida 50 000 ga yaqin tuxumlarga ega boʻladi va bu boʻgʻimlar qoramol solitorining boʻgʻimlariga nisabatan ancha kalta, bachadoni esa 8-12 ta yon shoxchalardan iborat. Boʻgʻimlari faol harakat qilish xususiyatiga ega emas. Cho'chqa va qoramol solitori onkosferalari orasida sezilarli farqlar mavjud emas.

Rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choʻchqa solitori

Choʻchqa solitori umrining asosiy qismini insonning ingichka ichagida yashab oʻtkazadi[3]. Yetilgan boʻgʻimlari oʻzi bilan birgalikda minglab tuxumlarni tashqariga inson najasi bilan birgalikda olib chiqib ketadi. Cho'chqalar ifloslangan yemish yoki inson ahlatini yeganida undagi onkosferalarni ham qoʻshib yeydi. Oradan 2-2.5 oy oʻtgandan keyin onkosferalardan choʻchqa muskullarida finnalar rivojlanadi. Odam yetarli pishirilmgan, ifloslangan choʻchqa goʻshtini yeganida oʻziga choʻchqa salitorini yuqtiradi[4]. Ayrim hollarda sogʻlom odam bemorlardan ogʻiz orqali yoki autoinvaziya hamda zararsizlantirilmagan goʻng bilan oʻgʻitlangan yerda yetishtirilgan sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qilganda onkosferalarni yuqtirishi mumkin. Odam choʻchqa solitori onkosferalari bilan zararlanishi natijasida teri osti kletchatkasi, mushaklar, koʻz va bosh miyada finnalar (sistiserkalar) rivojlanishi mumkin va bu ogʻir kasallik hisoblangan sistiserkozga sabab boʻladi. Odam organizmida sistiserkalar bir necha yillar, choʻchqa organizmida esa ular 2 yilgacha yashaydi, shundan soʻng oʻladi va ohaklanadi[5].

Gelmintning lichinkali bosqichi – sistiserka qoʻzgʻatadigan invaziya patogenezida toʻqimalar ezilishi, parazitlar atrofida yalligʻlanish jarayoni, ularning almashinuv va parchalanish mahsu­lotlarining odam organizmiga allergik va toksik taʼsiri asosiy ahamiyatga ega.

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sistiserkoz klinikasi sistiserkalar joylashishi, invaziya koʻpligi va parazit rivojlanishining bosqichlariga bogʻliq. Invaziyaning eng koʻp uchraydigan va ogʻir kechadigan shakllari – bu markaziy nerv sistemasi va koʻz sistiserkozidir. Yetilgan gelmintlar bilan invaziyalangan sistiserkoz tenioz asorati hisoblanadi, tenioz boʻlmagan hollarda esa alohida nozologik shakl hisoblanadi. Sistiserkoz klinikasi sistiserkalar joylashishi, invaziya koʻpligi va parazit rivojlanishining bosqichlariga bogʻliq. Invaziyaning eng koʻp uchraydigan va ogʻir kechadigan shakllari – bu markaziy nerv sistemasi va koʻz sistiserkozidir[6]. Yetilgan gelmintlar bilan invaziyalangan sistiserkoz tenioz asorati hisoblanadi, tenioz boʻlmagan hollarda esa alohida nozologik shakl hisoblanadi.

Diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashxis maqsadida odam najasi bilan ajralib chiqqan boʻgʻimlar koʻzdan kechirilib, najas mikroskopiya qilinadi. Boʻgʻimlarning ajralish xarakteri va ularning tuzilishi boʻyicha odatda teniarinxoz va tenioz oʻzaro farqlanadi. Buning uchun boʻgʻim ikkita buyum oynachasi orasida eziladi va bachadonning yon tomonga shoxlanishi sanaladi. Tur boʻyicha oxirgi (yakuniy) tashxis degelmintizatsiya vaqtida ajralib chiqqan solitor boshchalarini oʻrganish asosida qoʻyilishi mumkin. Sistiserkoz tashxisi klinik, rentgenologik va laboratoriya maʼlumotlaridan serologik tekshirish usullari – KBR, BGAR va fluoressent antitelolar reaksiyasiga asoslanadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teniozni davolash sistiserkoz rivojlanish xavfi boʻlganligi uchun juda katta mas’uliyat talab qiladi. Degelmintizatsiya uchun qirqquloq preparatlari qollanadi. Qirqquloq ekstrakti miqdori 3—4 g gacha kamaytiriladi. Davolash jarayonida osoyishtalik taʼminlanib, epigastral sohaga issiqlik qoʻyish orqali qusishning oldi olinadi. Sistiserkozning konservativ davosi ishlab chiqilmagan. Davolash – jarrohlik yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Profilaktikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tenioz profilaktikasida zararlangan hayvonlarni yoki insonlarni oʻz vaqtida aniqlash va davolashdan tashqari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish katta ahamiyatga ega. Atrof-muhitning odam najasi bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. Choʻchqalar yopiq holda boqilishi kerak. Aholiga choʻchqalarni hovlida nazoratsiz soʻyish mumkin emasligi va goʻshtni albatta veterinar-sanitar ekspertizadan oʻtkazish zarurligini tushuntirish lozim va buning uchun nazorat oʻrnatilishi shart[7]. Goʻshtni, ayniqsa veterinar nazoratdan oʻtmagan goʻshtni yetarlicha qaynatib yoki qovurib keyin istemol qilish kerak.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]