Finna
Qiyofa
Finna, finka — tasmasimon chuvalchanglarning yuqumli lichinkalik bosqichlaridan biri. Oraliq xoʻjayinda parazitlik qiladi. Finna pufakcha koʻrinishida boʻlib, uning ichida chuvalchang lichinkasining bitta yoki bir nechta boshchasi bor. Finna oraliq xoʻjayinning har xil organlari (odatda, muskullar, jigar, miya, upka)da rivojlanadi. Asosiy xoʻjayin (odam yoki umurtqali hayvonlar) finnali organni yeb chuvalchangni yuqtiradi. Finnadan asosiy xoʻjayin organizmida yetuk chuvalchang rivojlanadi. Finnaning sistitserkoid (6 ilmokli boshcha), senur (bitta pufakda bir necha boshcha), exinokokk (bitta yirik pufakda 2, 3 va hokazo tartibdagi pufakchalar va ular ichidagi boshchalar), protserkoid va boshqa xillari boʻladi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |