Endoparazitlar
Endoparazitlar (yunoncha endo — ichki va parazit —tekinxoʻr), ichki parazitlar — xoʻjayin (hayvon yoki oʻsimlik) toʻqimalari, ichki organlarida yashab, uning hisobiga hayot kechiruvchi organizmlar. Endoparazitlarga viruslar, bakteriyalar, koʻpgina zamburugʻlar, eng sodda hayvonlar va gijjalar kiradi. Baʼzi endoparazitlar rivojlanishining ayrim davr (bosqich)larini xoʻjayin organizmi ichida kechadi. Masalan, oʻsimlik bitlari (shiralar) tanasida afidiidlar oilasining vakillari, kuzgi tunlam va boshqalar, kemiruvchi tunlamlarda — apanteles, rogas, mikroplitis, taxin pashshalar kabi turlar, gʻoʻza tunlami (koʻsak qurti) da apanteles, anilasta, ambliteles va boshqalar parazitlik qiladi. Trixogramma lichinkalari (koʻpgina tangaqanotli kapalaklar) tuxumida rivojlanadi va boshqalar endoparazitlardan madaniy oʻsimliklarni zarakunandalardan himoya qilishda foydalaniladi[1].
Yana qarang: Parazitizm
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |