Tavfiq al-Hakim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tavfiq al-Hakim (AlHakim Husayn Tavfiq, 1898.9.10, Iskandariya — 1983, Qohira) — arab yozuvchisi va jamoat arbobi (Misr). Arab tili akademiyasi (Qohira) aʼzosi. Qohiradagi Oliy yuridik maktabni tugatgan (1924). Parijda Yevropa xalklari adabiyoti va sanʼatini oʻrgangan. 1927—34 yillarda adliya idoralarida tergovchi. 1943 y. gacha Maorif va Taʼlim vazirliklarida ishlagan. 1959—60 yilda Misrning YUNESKOdagi vakili. Ijodi asosan mustamlakachilikka qarshi kurash, xotinqizlar ozodligi mavzulariga bagʻishlangan. T. alH. arab adabiyotida ijtimoiy turmushni tasvirlovchi birinchi roman ("Ruhning qaytishi", 1933) muallifi. "Chaqirilmagan mehmon" (1918), "Yangi ayol" (1924), "Naychi" (1934), "Provinsiya tergovchisining xotiralari" (1937), "Shahrizoda" (1934), "Pigmalion" (1942), "Qamoqxona hayoti" (1964), "Parmachining taqdiri" (1966) kabi nasriy asarlari mashhur. Adabiyot sohasidagi Misr Davlat mukofoti laureati (1961). Uning "Tugʻyon" romani (1974) va ayrim hikoyalari oʻzbek tilida nashr etilgan.