Yara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yara — biror toʻqimaning turli sabablarga qoʻra nobud boʻlgan qismi koʻchib, oʻrnida hosil boʻlgan (teri yoki shilliq pardaning , odatda, teri ostidagi toʻqimalarning ham) nuqsoni; granulyatsion toʻqima oʻsishi sekinlashuvi va teri yoki shilliq pardaning zararlangan joyida epiteliyning hosil boʻlish jarayoni buzilishi natijasida Ya. juda sekin bitadi (mas, terining trofik yarasi). Ya.ga mexanik va termik shikastlanishlar, kimyoviy moddalar, nurlarning teriga taʼsir etishi, shuningdek, nerv oziqlanishining buzilishi. spetsifik (maxsus) hamda nospetsifik (nomaxsus) infeksiyalar (sil, zaxm va boshqalar), xavfli oʻsmalarning yemirilishi va h.k. sabab boʻladi.

YA. moddalar almashinuvining buzilishi (mas, qandli diabetda), surunkali intoksikatsiya, vitaminlar yetishmasligi, endokrin buzilishlar, organizmning holdan toyishi va boshqalar ga olib keladi. Ya. koʻrinishi, chuqurligi va chetlarining holatiga qarab oval, dumaloq, chetlari oʻyilgan shaklda boʻladi. Chuqur Ya. qon tomir devorlarining buzilishiga olib keladi, natijada qon ketishi kuzatiladi. Ya. uzoq kechib, chandiqlanib bitadi. Baʼzan Ya. qaytaqayta chiqishi ham mumkin. Ya.ga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, ogʻirroq hollarda xirurgik amaliyot qoʻllanadi.