Surxondaryo teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Surxondaryo teatri, Mannon Uygʻur nomidagi Surxondaryo viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yetakchi teatrlaridan biri. 1935-yil 5 noyabrda Afandixon Ismoilov sahnalashtirgan "Gʻolibiyat" spektakli bilan Termiz shahrida ochilgan. Toshkent yosh tomoshabinlar teatridan kelgan bir guruh sanʼatkorlar teatr asosini tashkil qildilar. Teatr direktori etib R. Bobojonov, bosh rejissyor A. Ismoilov, bosh rassom N.T.Malishevskiylar tayinlandi. O. Fayozova, M. Hamidova, K. Muslimova, Z. Olimov, T. Zoxidov, M. Umarova, X. Aʼzamov, N. Azizov, Q. Toʻlaganov va boshqa teatrning ilk aktyorlaridir. Jarkoʻrgʻon kz—sz teatri ham Surxondaryo teatriiga birlapggirildi (1936). 30ylarda teatr repurtuaridan oʻzbek dramaturglarining ijtimoiy hayot, kollektivlashtirish, turli kuchlarga qarshi kurash ruhida yozilgan asarlari oʻrin oldi: "Rustam" (U. Ismoilov), "Gulsara" (K.Yashin), "Uygonish" (N.Safarov), "Maysaraning ishi" (Hamza), "Arshin mol olon" (U. Hojibekov), "Farhod va Shirin" (A. Navoiy) va boshqa

Teatr Ikkinchi jahon urushi yillarida ogʻir sinovdan utdi. Teatr jamoasining bir qismi urushga junadi. Nishon Hodimetov, Obid Rixsiyev, Obid Ibrohimov, Qayum Tulaganov, Muhammad Shermuhamedov, Nurmat Azizov kabi sanʼatkorlar jang maidonlarida xdlok boʻddilar. Front ortida qolgan qismi — Z. Olimov, A. Olimova, H. Muxiddinov, X. Boboxonova, T. Latipova, A. Tolipov, M. Hamidova, O. Fayozova, K.Muslimovalar esa turli mavzularda asarlar sahnalashtirdilar: "Front" (A. Korneychuk), "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla), "Nurxon", "Oftobxon" (K. Yashin) va boshqa.

1942-yil teatr repertuarini yaxshilash maqsadida Denov kz—sz teatri Surxondaryo teatriga qoʻshildi. 1943-yilda teatrda studiya ochildi. Teatr jamoasi rus va ukrain rejissyor va aktyorlari bilan ijodiy muloqotda boʻldi. Urush yillari ular Termiz shahriga evakuatsiya qilingan edi. Harkov operetta teatri artist va rejissyorlari Termiz teatri krshidagi oʻzbek studiyasiga murabbiylik qildilar. "Uylanish" (N.Gogol), "Skapenning nayranglari" (J.Molyer), "Ona" (Uygʻun), "Yoriltosh" (Sh. Saʼdulla), "Muhabbat" (Tuygʻun), "Ota rozi" (H. Gʻulom), "Muhabbat gʻunchasi" (Gʻ.Muxtorov) kabi spektakllar bilan teatr repertuari boyidi.

1948-yilda iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli teatr vaqtincha Buxoro teatriga qushib yuboriladi.

1957-yilda teatr qayta tiklanib, Surxondare viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri deb nomlandi. Viloyat badiiy havaskorlaridan tuzilgan teatr ijodiy jamoasi dastlabki yillarda tomoshabinlarga manzur spektakllar yarata olmadi. 1958-yil avvallar Termiz teatrida ishlagan X. Boboxonova, H. Muhiddinov (Kattaqoʻrgʻon teatridan), S. Nurmatov, A. Rahmatov, N. Pardayev va boshqa teatrga taklif etildi. Ayni bir paytda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatganlardan A. Qosimov, Z. Soliyeva, S. Lutfullayev, E. Karimov, R. Karimova, A. Nomozovlardan iborat isteʼdodli yoshlar kelib qoʻshilishdi. Teatr qisqa vaqt ichida oʻz repertuarini yaxshiladi. "Birinchi muhabbat" (X. Voxit), "Xavfli uchrashuv" (I. Stadnyuk), "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi" (Hamza), "Nurxon" (K. Yashin), "Pilla aya" (Tuygʻun), "Oltin bolta", "Guli siyoh" (S. Jamol), "DUstlar", "Qotil" (Uygʻun), "Zarafshon qizi" (D. Fayziy) kabi spektakllar muvaffaqiyat qozondi.

"Gulsara" (K. Yashin), "Qotil ona" (I. Ahmedov), "Ayajonlarim" (A. Qahhor), "Hijron alangasi" (Z.Fatxullin), "Sofiya taronasi" (Xugayev), "Vyetnam tongi" (G. Kim), "Oltin devor" (E. Vohidov), "Qizbuloq fojiasi" (T. Tula), "Besh kunlik kuyov" (Shuhrat), "Sirli kun" (D. Valiyev), "Sepsiz qiz" (A. Ostrovskiy), "Momo yer, (Ch.Aytmatov", "Vir oʻlikka bir tirik" (A. Ibrohimov) kabi toʻlaqonli spektakllar bilan oʻz mavqeini yanada mustahkamladi. 1974-yil teatr jamoasiga M. Abduqunduzov, Z. Otaboyeva, K. Burhonov, E. Abduqodirov, D.Solixrva va boshqa kelib qoʻshildi. 1977-yil teatr jamoasi otaligʻida Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Uzun xalq, teatrlari ochildi.

1978-yil teatrga Mannon Uygʻur nomi berildi. Oʻsha yili teatr jamoasi rus tilida spektakllar qoʻydi ("Kuyov va kelin", "Maysaraning ishi", "Hamma bilan birgalikda", "Ayollar xdyotidan" va boshqalar).

Mustaqillikdan soʻng bu teatr sahnasida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Koʻproq tarixiy mavzuga, maxdlliy dramaturgiyaga eʼtibor kuchaydi, komediyalar, ertakspektakllar, oʻzbekona urfodatlarga qurilgan asarlarga keng oʻrin berildi: "Qamashgan koʻzlar" (I. Otaqulov), "Yulduz soʻndi" (N.Hayitqulov), "Adib Sobir Termiziy" (N. Pardayev), "Sadoqatli arvoh" (X. Maqsadqulov), "Olifta" (F. Musajonov), "Uzokdan kelgan kuyov" (X. Rasul), "Temir xotin" (Sh. Boshbekov), "Xotinlar hazili" (H. Muhammad), "Jononga bordim bir kecha" (Hamza), "Korbobo va yalmogʻiz" (I. Niyozmatov), "Sehrli uzuk" (M. Krdirov), "Oʻchmas chiroq", "Oʻlim halqasi" (M. Boboyev), "Uyqusiz tunlar" (R. Orifjonov), "Osmonsiz uy" (Sh. Pardayev) va boshqa X. Boboxonova, M. Mahmudova, R. Mamataliyev, L. Narzullayev, G. Ravshanova, Y. Mirqurbonov, H. Oripov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rejissyori va badiiy rahbari — Mansur Ravshanov (2004).

Shomat Samatov.