Ibodulla Niyozmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibodulla Abdullayevich Niyozmatov (1942.17.10, Xiva tumani-2003. 20.9, Urganch) — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1971 yildan Xorazm musiqali drama teatrida ishlaydi. N. sahnalashtirgan spektakllar chuqur psixologik talqini, dra-matik toʻqnashuvlarning oʻtkirligi, voqealar rivoji va boshqa bilan diqqatga sazovor. "Abu Rayhon Beruniy" (Uy-gʻun), "Birovning tashvishi" (Oʻ. Hoshimov), "Monserro" (E. Robles), "Ibn Sino" (A. Shalomayev), "Nurxon" (K. Yashin va T. Jalilov), "Ajdodlar qilichi" (E. Samandarov), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Marvarid taqqan ayol", "Feruz" (K.Avaz, O. Ibrohimov) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil